27 Xalqaro “To‘qimachilik va Tikuvchilik Sanoati– TextileExpo Uzbekistan Bahor 2027” Ko‘rgazmasi

18 - 20 may 2027, O’zekspomarkaz MKK / O`zbekiston

Press-relizlar

700 dan ortiq bayer, xalqaro brendlar va yangi shartnomalar: TextileExpo Uzbekistan 2026 qanday o`tdi

TextileExpo Uzbekistan 2026

26-Xalqaro TextileExpo Uzbekistan 2026 to‘qimachilik va kiyim-kechak sanoati ko‘rgazmasi 2026-yil 13–15-may kunlari Toshkentdagi «O‘zekspomarkaz» MKKda bo‘lib o‘tdi.

Tashkilotchilar: Iteca Exhibitions xalqaro ko‘rgazmalar kompaniyasi va uning hamkori ICA Eurasia Group.

Ko‘rgazmaning rasmiy ochilish marosimida rasmiy qo‘llab-quvvatlash vakillari — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi, «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi, «Osiyo Ramzi» O‘zbekiston dizaynerlari uyushmasi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasidagi diplomatik vakolatxonalar vakillari ishtirok etdi.

TextileExpo Uzbekistan 2026 ko‘rgazmasi Qozog‘iston, Xitoy, Rossiya, Turkiya va O‘zbekistondan 170 ta kompaniya va brendlarni birlashtirib, ishbilarmonlik aloqalarini rivojlantirish va tarmoq yechimlarini ilgari surishda o‘zining samaradorligini yana bir bor tasdiqladi.

Uch kun davomida ko‘rgazmaga quyidagi 33 mamlakatdan professional hamjamiyat vakillari, jumladan, ishlab chiqaruvchilar, distribyutorlar, xarid qiluvchilar va chakana savdo vakillari 5 654 marta tashrif buyurishdi: Ozarbayjon, Afg‘oniston, Belarus Respublikasi, Germaniya, Gruziya, Hindiston, Eron, Irlandiya, Ispaniya, Italiya, Kanada, Qozog‘iston, Xitoy, Koreya Respublikasi, Qirg‘iziston, Latviya, Litva, Malayziya, Moldova, Pokiston, Polsha, Rossiya, Ruminiya, AQSh, Tojikiston, Turkmaniston, Turkiya, O‘zbekiston, Ukraina, Frantsiya, Shvetsiya, Shveytsariya va Yaponiya. Xorijiy tashrif buyuruvchilarning Top-5ligini Rossiya, Xitoy, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston tashkil etdi.

Ko‘rgazmaning o‘ziga xos va ajralmas qismi bo‘lgan an’anaviy Bayerlar dasturi bu yil Toshkentga Belarus Respublikasi, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, O‘zbekiston va Ukrainadan 700 dan ortiq yirik bayerlarni jalb etdi. Ushbu maxsus platforma hamkorlikni rivojlantirish uchun kuchli vositaga aylandi, ishtirokchilar potentsial xaridorlar va hamkorlar — yirik va kichik ulgurji kompaniyalar, yirik tarmoqlar, ishlab chiqaruvchilar, chakana sotuvchilar va onlayn-do‘konlar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zaro faoliyatni ta’minladi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi ko‘magida tashkil etilgan «MADE IN UZBEKISTAN» deb nomlangan kichik va o‘rta to‘qimachilik ishlab chiqaruvchilarining jamoaviy stendi tashrif buyuruvchilar va xaridorlarning alohida e’tiborini tortdi.

Tadbirda Xitoy kompaniyalari keng ishtirok etdi.

Tadbir soha ommaviy axborot vositalari, yetakchi mahalliy va xalqaro OAV, tegishli idoralar, xalqaro tashkilotlar, diplomatik missiyalar, bayerlar va ko‘rgazma ishtirokchilari tomonidan faol yoritildi. Loyiha ijtimoiy tarmoqlarda 4 417 153 marta ko‘rildi.

Mehmonlar va eksponentlarning taassurotlari TextileExpo Uzbekistan mintaqadagi to‘qimachilik sanoati uchun muhim va doimiy o‘sib borayotgan platforma sifatidagi maqomini yana bir bor tasdiqladi.

YKK, Volkan Sari, ichki bozor va eksport bo‘yicha menejer (Turkiya):

– Biz TextileExpo Uzbekistan ko‘rgazmasida birinchi marta ishtirok etdik va bu biz uchun juda samarali bo‘ldi. O‘zbekiston bozori bizni o‘zining dinamik o‘sishi va ko‘plab potentsial mijozlari bilan