Yangiliklar
Ozarbayjonda to‘qimachilik klasteriga asos solindi
Ozarbayjonning Mingachevir sanoat parkida o‘zbek biznesi ishtirokida ООО «Textile Horizon» yangi to‘qimachilik klasteri loyihasini amalga oshirish boshlandi.
Ishlab chiqarish majmuasining poydevorini qo‘yish marosimi 26 sentabr kuni Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev ishtirokida bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Ilhom Aliyev, ООО «Azersheker» boshqaruvi raisi Nasib Islomzade va o‘zbek kompaniyasi Global Textile Group raisi Musaffar Razakov ishtirok etdi. Ular tugmani bosish orqali yangi korxona qurilishiga start berdilar.
ООО «Textile Horizon» ta’sischilari — Ozarbayjon kompaniyasi «Azersheker», o‘zbek kompaniyasi «Global Textile» va Ozarbayjon-O‘zbekiston investitsiya jamg‘armasidir.
Ishlab chiqarish majmuasi 11,2 ga maydonda joylashadi. Loyiha paxta yetishtirishdan tortib lint, ip, bo‘yalgan mato va tayyor to‘qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarishgacha bo‘lgan to‘liq ishlab chiqarish siklini yaratishni nazarda tutadi.
Loyiha to‘qimachilik sohasida O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi investitsiyaviy va sanoat hamkorligini kengaytirish doirasida amalga oshirilmoqda.
Manba