Yangiliklar (for all)
Fermerlar, klasterlar va tayyor mahsulot ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash choralari e’lon qilindi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Andijon viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va aholi daromadlarini oshirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazilmoqda.
Yig‘ilishda fermerlar, klasterlar va tayyor mahsulot ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash choralari e’lon qilindi.
Bir tonna paxtani birjada sotgan fermerga ham, uni sotib olgan klasterga ham har bir tonna uchun 500 ming so‘m miqdorida subsidiya beriladi. O‘z yerida paxta yetishtirgan klasterlar esa gektariga 1,5 mln so‘m miqdorida subsidiya oladi.
Mas’ul shaxslarga tayyor mahsulot eksport qiluvchilarning xorijiy valyutadagi 5 foizdan oshgan kreditlari hamda milliy valyutadagi 14 foizdan oshgan kreditlari bo‘yicha foizlarning bir qismini uch yil davomida qoplash yuzasidan hisob-kitoblarni kiritish topshirildi.
Shuningdek, marketpleyslar orqali sotilgan mahsulot qiymatining 3 foizini qaytarish masalasi bo‘yicha takliflar tayyorlanadi.
Manba