26 Xalqaro “To‘qimachilik va Tikuvchilik Sanoati– TextileExpo Uzbekistan Bahor 2026” Ko‘rgazmasi

13 - 15 may 2026, O’zekspomarkaz MKK / O`zbekiston

Ko`rgazma haqida

TextileExpo Uzbekistan – O‘zbekistonda xalqaro ishtirokchilar va tashrif buyuruvchilar ishtirok etadigan, to‘qimachilik va tikuvchilik sanoatiga ixtisoslashgan noyob ko‘rgazmadir.

TextileExpo Uzbekistan ko‘rgazmasi barcha asosiy idoralar va sanoat uyushmalari tomonidan faol qo‘llab-quvvatlanadi.

Ushbu tadbir to‘qimachilik biznesi va tikuvchilik sanoatidagi yutuqlar hamda yangiliklarni dunyoning yetakchi ishlab chiqaruvchilari tomonidan ip-kalavadan tayyor kiyimgacha bo‘lgan ishlab chiqarish zanjiri bo‘ylab namoyish etish imkonini beradi.

Loyiha O‘zbekistonning yetakchi tarmog‘i – to‘qimachilik va tikuvchilik sanoati bilan savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishga ko‘maklashadi. Bu tarmoq respublikadagi sanoat ishlab chiqarish hajmi bo‘yicha ikkinchi o‘rinni egallaydi. Shuningdek, loyiha 37 milliondan ortiq aholiga ega Markaziy Osiyodagi eng yirik iste’mol bozorida to‘qimachilik mahsulotlari, kiyim-kechak, ichki kiyim, poyabzal va aksessuarlar sotish uchun hamkorlar topishga yordam beradi.

TextileExpo Uzbekistan – bu, avvalo, noyob maqsadli auditoriyadir. Har yili ko‘rgazmaga 9,000 dan ortiq tashrif buyuruvchi keladi, ularning 90 foizi – soha mutaxassislari va ekspertlaridir.

Ko‘rgazma mehmonlari orasida O‘zbekiston hukumati vakillari, Markaziy Osiyo mintaqasining turli hududlaridan kelgan to‘qimachilik va trikotaj korxonalarining rahbarlari hamda mutaxassislari, yirik savdo tarmoqlari, ulgurji va chakana savdo korxonalari, biznes doiralari vakillari, rasmiylar hamda ilmiy-tadqiqot institutlari ishtirok etadilar.

Mahalliy ishlab chiqaruvchilarning eksport salohiyatini oshirishga ko‘maklashish maqsadida ko‘rgazma doirasida Maxsus Bayer Dasturi amalga oshiriladi. Yillar davomida bu dasturda 35 mamlakatdan 2,000 dan ortiq yirik ulgurji xaridorlar, savdo tarmoqlari va to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari ishtirok etgan.

Ko‘rgazma doirasida boy ishbilarmonlik dasturi amalga oshiriladi: seminarlar, forumlar, ko‘plab b2b uchrashuvlar, moda namoyishlari va sanoat kolleksiyalari, yetakchi dizaynerlar va soha ekspertlarining mahorat darslari, biznes va matbuot turlari tashkil etiladi.

Yillar davomida ushbu ko‘rgazma mintaqa sanoatidagi eng kutilgan va muhim voqealardan biriga aylandi.

Ko‘rgazma broshyurasi

Hisobot videosini tomosha qiling

Agar siz sanoatdagi yangiliklarni ilgari surish yoki xarid qilish, jahon to‘qimachilik biznesining eng zamonaviy markazlaridan birida buyurtma joylashtirish yoki to‘qimachilik va tikuvchilik ishlab chiqarishdagi so‘nggi tendensiyalar bilan qiziqsangiz – TextileExpo Uzbekistan siz o‘tkazib yubormasligingiz kerak bo‘lgan tadbirdir!