26 Xalqaro “To‘qimachilik va Tikuvchilik Sanoati– TextileExpo Uzbekistan Bahor 2026” Ko‘rgazmasi

13 - 15 may 2026, O’zekspomarkaz MKK / O`zbekiston

Ishtirok etishning afzalliklari

UzTextileExpo ko'rgazmasida ishtirok etish kompaniyangizga quyidagi imkoniyatlar yaratadi:

  • O‘z mahsulotingizni O‘zbekiston bozori – 37 milliondan ortiq aholiga ega Markaziy Osiyodagi eng yirik iste’mol bozoriga olib chiqish;
  • Toʻqimachilik va tikuvchilik sanoati iqtisodiyotning eng ilgʻor va jadal rivojlanayotgan tarmoqlaridan biri ekanini hisobga olib, Oʻzbekistonlik mutaxassislarning noyob auditoriyasini imkon qadar koʻproq jalb etish;
  • Markaziy Osiyo mintaqasining boshqa davlatlaridan faqat Toshkent shahrida uchrashuvlar o‘tkazish mumkin bo‘lgan mutaxassislarni jalb qilish;
  • Mahsulotlaringizning afzalliklarini xarid qilishga qiziqqan barcha potentsial mijozlarga yetkazish;
  • O‘zbekistonning barcha hududlarida va qo‘shni mamlakatlarda dilerlik va distribyutorlik tarmoqlarini rivojlantirish hisobiga sotish hajmini oshirish va sotish geografiyasini kengaytirish;
  • Maqsadli auditoriyaga to‘qimachilik va tayyor kiyim-kechak ishlab chiqarish sohasidagi joriy ishlanmalarni, xomashyoning yangi turlarini, yarim tayyor mahsulotlarni, shuningdek tayyor mahsulotlarni namoyish etish;
  • Kelgusi mavsum uchun eng so'nggi trendlar va dizaynlarni namoyish etish;
  • Mahsulotlaringizga bo'lgan talabni baholash, raqobat muhitini baholash va maqsadli auditoriya vakillaridan qimmatli fikr-mulohazalarni olish;
  • O'z brendingizga e'tibor qaratish va uning tanilishini oshirish;
  • Muvaffaqiyatli, ishonchli va barqaror rivojlanayotgan kompaniya sifatida obro'-e'tiborni yaratish va saqlash.

TextileExpo Kuz 2025 natijalari:

  • 32 mamlakatdan 6000 dan ortiq professional tashrif buyuruvchilar
  • Ulardan 783 tasi yirik bayerlardir
  • 95% soha mutaxassislari
  • Tashrifchilarning 93 foizi ko'rgazma natijalari bo'yicha ishtirokchilarning mahsulotlarini sotib olishni rejalashtirgan
  • Tashrif buyuruvchilarning 88% biznes egalari va boshqaruv lavozimlarini egallaydi
  • Tashrifchilarning 88 foizi ko‘rgazmani muhim deb hisoblaydi
  • Ko'rgazma ishtirokchilarining 85 foizi o'z ishtirokidan mamnun
  • Ko'rgazma ishtirokchilarining 88 foizi keyingi ko'rgazmada ishtirok etish istagini bildirdi.