Bayerlarni ro`yxatga olish
BAYERLAR –ULGURJI XARIDORLARNI “TextileExpo Uzbekistan Bahor 2026” 26-xalqaro tekstil va tikuvchilik sanoati ko’rgazmasining ishida ISYIROK ETISHGA TAKLIF QILAMIZ!
O‘zbekiston to‘qimachilik mahsulotlari Turkiya, Hindiston, Xitoy va boshqa to‘qimachilik sanoati rivojlangan davlatlarining to‘qimachilik mahsulotlari bilan muvaffaqiyatli raqobatlasha turib, xalqaro to‘qimachilik biznesida tobora muhim o‘rin egallab bormoqda. Uni uzoq va yaqin xorijdagi xaridorlar tobora ko'proq xarid qilmoqda. O'zbekiston mahsulotlarini "C&A", "Wallmart", "Quelle" va boshqa ko'plab savdo tarmoqlaridan xarid qilish mumkin.
Rossiyadagi “Auchan”, “Pyaterochka”, “Sportmaster”, “Detskiy mir” savdo tarmoqlarida “O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan” yorlig‘i bilan bolalar, erkaklar, ayollar kiyimlari, paypoq, sport kiyimlari, uyqu va dam olish kiyimlari, uy to‘qimachilik mahsulotlari muvaffaqiyatli sotilmoqda. Yevropaning yetakchi ishlab chiqaruvchilari va dizaynerlari o‘zlarining ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun eng yuqori sifatli to’quv iplari, gazmol va trikotaj matolarni xarid qiladilar.
Mahsulotlarining aksariyati Yevropa, Osiyo va MDH mamlakatlariga eksport qiladigan Oʻzbekistondagi eng yirik toʻqimachilik sanoati korxonalari va yetakchi flagmanlari “TextileExpo Uzbekistan Bahor 2026” koʻrgazmasi stendlarida o’z mahsulotlarini namoyish etadi.
Ko'rgazmada quyidagi bo'limlar mavjud:
- Tabiiy va sintetik to’quv iplari va tolalar;
- Gazmol va trikotaj matolar;
- Uy tekstilik;
- Texnik tekstil va to'qilmagan matolar;
- Ishlab chiqarish uchun xom ashyo, tikuv furniturasi;
- Erkaklar, ayollar va bolalar kiyimlari;
- Chulki-paypoq mahsulotlari;
- Ichki kiyim saloni;
- Sport va dam olish uchun kiyimlar;
- Moda aksessuarlari.
Ko‘rgazma doirasida professional tashrif buyuruvchilar – mahsulotlarning ulgurji xaridorlari uchun ko‘rgazmada imkon qadar samarali va qulay ishlashlari uchun sharoit yaratish maqsadida “Maxsus Bayerlar dasturi” amalga oshirilmoqda. Dastur amalga oshirilgan 16 yil davomida unda Rossiya, Ukraina, Belarusiya, Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston, Turkiya, Xitoy va boshqa mamlakatlardan 2000 dan ortiq yirik xaridorlar, jumladan, Rossiyaning "Auchan" (Moskva) va "Magnit" (Krasnodar) gipermarketlari, Gloria Jeans, Magnum cash & carry, CARRERA jeans, OGGI va boshqa ko'plab kompaniyalari ishtirok etdi.
Ko‘rgazma ishlab chiqaruvchilar bilan uchrashish va sohadagi so‘nggi yangiliklar bilan tanishish uchun ajoyib imkoniyatlar yaratadi.
Bugun ro'yxatdan o'ting, biznesingizni kengaytirish uchun “Bayerlar dasturiga” qo'shiling!
Bayerlar DASTURI ISHTIROSCHISI BO'LSANGIZ SIZ BIR QATOR AFZALLIKLARGA EGA BO’LASIZ:
- Dastur ishtirokchilari uchun alohida "BUYER" ro'yxatdan o’tish joyi;
- Ko'rgazmaning rasmiy sayohat agenti ro'yxatiga kiritilgan mehmonxonalarda chegirmali narxlarda xonalarni bron qilish;
- Agar kerak bo'lsa, ko'rgazmaning rasmiy sayohat agentligi orqali viza yordamini ta'minlash;
- Ishtirokchi kompaniyalar vakillari bilan uchrashuvlarni rejalashtirish va muvofiqlashtirishda yordam.
Bayerlar dasturida ishtirok etish uchun BIZNES TASHRIF BUYURUVCHI soʻrovnomasini yuklab olibz, toʻldirishingiz va 2026-yil 5-maygacha yuborishingiz lozim.
* belgilangan maydonlarni to’ldirilish shart