Tashrifning afzalliklari
TextileExpo Uzbekistan koʻrgazmasi biznes muammolarini hal qilish uchun zarur boʻlgan mahsulotlarni vizual koʻrish va tanlash, ishonchli hamkorlar topish, shuningdek, ichki va tashqi bozorda toʻqimachilik va tikuvchilik mahsulotlarini ishlab chiqarish va sotishning hozirgi holati va tendentsiyalari haqida bevosita maʼlumot olish uchun noyob imkoniyatidir.
Tashrif buyurganlarning 85 foizi bozor salohiyati va tendentsiyalarini o'rganish uchun ko'rgazma muhimligini tasdiqladi.
Ko'rgazmaga tashrif buyurib, siz quyidagi noyob imkoniyatlarga ega bo'lasiz:
- Bozor kon’yunkturasini o'rganish va o'z ishlab chiqarish jarayonlaringiz uchun yangi g'oyalar yoki mahsulotlarni qo’lga kiritish;
- Yangi aloqalarni o'rnatish va mavjud mijozlar bilan munosabatlarni mustahkamlash;
- Qisqa vaqt ichida xom ashyo, materiallar, furnitura va tikuv aksessuarlarining keng assortimenti bilan tanishish;
- To'qimachilik va tikuvchilik sohasidagi yangi va zamonaviy jahon trendlari tanishish;
- Ko'rgazmada “birinchi qo'l” takliflarini olish va "maxsus aksiyalar" dan foydalanish orqali bitim tuzish;
- Taniqli ishlab chiqaruvchilarning agentlari, dilerlari, distribyutorlariga aylanish;
- Texnik bilimlar va soha mutaxassislaridan maslahatlar olish;
- Biznes masalalarini xolis va neytral biznes muhitida muhokama qilish;
- Ma'lumotlar bazasini yaratish va yangilash;
- Qo'shma korxonalar yaratishda hamkorlikni boshlash;
- Turli ma’lumotlar xizmatlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo'lish.
Ushbu havola orqali shaxsiy elektron beydjingizni oldindan oling
“TextileExpo Uzbekistan” ko‘rgazmasiga tashrif buyurish qisqa vaqt ichida to‘qimachilik xomashyosi, yarim tayyor mahsulotlar, tayyor to‘qimachilik mahsulotlari, kiyim-kechak va aksessuarlarning dunyodagi yetakchi ishlab chiqaruvchilari va yetkazib beruvchilari bilan bevosita aloqa o‘rnatish imkoniyatidir.