26 Xalqaro “To‘qimachilik va Tikuvchilik Sanoati– TextileExpo Uzbekistan Bahor 2026” Ko‘rgazmasi

13 - 15 may 2026, O’zekspomarkaz MKK / O`zbekiston

Tashrif buyuruvchilar tarkibi

Har yili ko‘rgazma ko‘plab yangi noyob tashrif buyuruvchilar bilan uchrashish imkoniyatini beradi.

Hozirgi vaqtda respublikada qariyb 8,000 ta to‘qimachilik va tikuv-trikotaj ishlab chiqarish korxonalari faoliyat yuritmoqda. So‘rovnomalarga ko‘ra, har yili tashrif buyuruvchilarning taxminan 40% ko‘rgazmaga birinchi marta keladi.

Tashrif buyuruvchilarning 65% — biznes egalari yoki rahbar lavozimlarida ishlovchilar, 30% — xaridlar bo‘yicha tavsiyalar beradi.

Ko‘rgazmaning maqsadli auditoriyasi:

  • Butun Markaziy Osiyo mintaqasidagi to‘qimachilik va tikuv-trikotaj korxonalari rahbarlari va menejerlari;
  • Yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda kichik ishlab chiqarish korxonalari va sexlar rahbarlari;
  • Dizaynerlar va texnik mutaxassislar;
  • Atel'yelar, to‘y va interyer salonlari;
  • Savdo tarmoqlari (ulgurji va chakana savdo) vakillari;
  • Distribyutor kompaniyalar vakillari;
  • O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Markaziy Osiyoning boshqa davlatlaridagi davlat idoralari, vazirliklar va boshqarmalar, sanoat assotsiatsiyalari rahbarlari va mutaxassislari;
  • Milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari;
  • Mutaxassis oliy o‘quv yurtlari olimlari va talabalar;
  • Xalqaro tashkilotlar, moliyaviy institutlar va banklar vakillari.

2025-yil kuzida dunyoning 32 davlatidan, shuningdek, O‘zbekistonning barcha viloyatlaridan tashrif buyuruvchilar keldi. Ko'rgazmaga 6000 dan ortiq professional tashrif buyuruvchilar, shu jumladan 783 nafar yirik bayer tashrif buyurdi. Eng koʻp xorijiy mehmonlar Qozogʻiston, Xitoy, Qirgʻiziston, Rossiya, Tojikiston va Turkiyadan keldi.

Milliy tashrif buyuruvchilar — mutaxassislarning 90% — Toshkent shahri va Toshkent viloyatidan kelganlar.

So‘rovnomalarga ko‘ra, tashrif buyuruvchilarning 87% ko‘rgazmaning bozor salohiyati va tendensiyalarini o‘rganishdagi muhim ahamiyatini tasdiqlaydi.