Yangiliklar
O‘zbekiston va Afg‘oniston to‘qimachilik sohasida hamkorlikni kengaytirmoqda
Hamkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy o‘sish yo‘lidagi muhim qadam sifatida O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi yangi imkoniyatlar muhokama qilindi. Savdo-sanoat palatasida Afg‘oniston delegatsiyasi bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ikki tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantirish va yangi bosqichga ko‘tarish zarurligi ta’kidlandi.
Muzokaralar chog‘ida savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, xususan, paxtani qayta ishlash, to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni ko‘paytirish, shuningdek, meva-sabzavotlarni qayta ishlash masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha o‘zaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan memorandum imzolanib, bunday uchrashuvlarni muntazam o‘tkazishga kelishib olindi. Bu kelajakda yanada samarali va barqaror hamkorlik uchun mustahkam poydevor yaratadi.
Manba