Yangiliklar (for all)
Buxoro viloyatida to‘qimachilik kompleksi va 400 mln dollarlik paxta-to‘qimachilik klasteri barpo etiladi
3-noyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatida umumiy qiymati 7,8 mlrd dollar bo‘lgan 145 ta investitsiya loyihasi dasturiga start berdi. To‘qimachilik sanoati neft-kimyo, energetika, qishloq xo‘jaligi va turizm bilan bir qatorda dasturning asosiy yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
Buxoro shahrida Kurt Baver brendi ostida yiliga 62 ming tonna mahsulot ishlab chiqaradigan to‘qimachilik kompleksi barpo etiladi.
Romitan tumanida xitoylik investorlar bilan hamkorlikda qiymati 400 mln dollar bo‘lgan paxta-to‘qimachilik klasteri tashkil etilmoqda. Investorlar, shuningdek, 9 ming gektar yerni o‘zlashtirishni taklif qilgan. Bu yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ulushini 65 foizga yetkazish va qo‘shimcha 100 mln dollarlik eksport imkoniyatini yaratish imkonini beradi.
Manba: Gazeta.uz