26 Xalqaro “To‘qimachilik va Tikuvchilik Sanoati– TextileExpo Uzbekistan Bahor 2026” Ko‘rgazmasi

13 - 15 may 2026, O’zekspomarkaz MKK / O`zbekiston

Press-relizlar

UzTextile Expo Kuz`22 kuz-qish to`plamlarini taqdim etish uchun yana bir bor bayerlar va mutaxassislarni kutib oladi


Aynan bahorda Toshkentda "UzTextile Expo Bahor'22" to'qimachilik va moda sanoatining xalqaro ko'rgazmasi katta muvaffaqiyat bilan bo'lib o'tdi. U bir tom ostida dunyoning to'qqiz mamlakatidan 120 dan ortiq kompaniya va brendlarni, shu jumladan Belarus Respublikasi, Turkiya milliy stendlarini, Hindiston, Tojikiston va boshqa mamlakatlarning jamoaviy stendlarini bir tom ostida jamladi. Ko'rgazmada O'zbekistonning 100 dan ortiq ishlab chiqaruvchilari, flagmanlar va paxta-to'qimachilik klasterlaridan tortib, eng talabchan mijozlarning talablarini to'liq qondirish uchun kichik biznes vakillarigacha qatnashdilar. Ko'rgazmaga 5000 dan ortiq mutaxassis tashrif buyurdi, ular orasida 26 mamlakatdan kelgan 816 nafar rasmiy bayer ham bor edi. Stendlarda muzokaralar kechgacha davom etdi. Bayerlarning asosiy qismi Rossiya kompaniyalari va brendlari, xususiy xaridorlar va taniqli chakana savdo tarmoqlariga to'g'ri keldi.

O'zbekistonlik to'qimachilar va tikuvchilarining mavsumiy mahsulotlar ishlab chiqarishdagi barcha kuchli tomonlarini namoyish etishga 12-14-oktyabr kunlari Toshkent shahrida "O'zekspomarkaz" MKMda (1- va 2-pavilyonlar, tashqi ekspozitsiyasi) bo'lib o’tadigan kuz-qish to'plamlarini namoyish etish uchun "UzTextile Expo Kuz'22" ko'rgazmasi chaqirilgan.

Ko'rgazmaning muhim xususiyati shundaki, boshqa yirik to'qimachilik mamlakatlari kabi o’zining tarixida ilk marotaba UzTextile Expo yil davomida ikkinchi marta "Kuz/Autumn" qo'shimchasi bilan bo'lib o'tadi, mavsumiy yangiliklar va texnologiyalarni, kiyim-kechak va to'qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarishning dolzarb tendentsiyalarini namoyish etadi. Xalqaro darajadagi tadbir yana bir bor Markaziy Osiyo va jahon to'qimachilik sanoatining yetakchilarining texnologik zanjir bo'ylab – kalava-iplardan tortib tayyor kiyim-kechak va aksessuarlarga qadar yutuqlari va yangiliklarini taqdim etadi.

Ko'rgazmaning kuz mavsumida 7 mamlakatdan 122 kompaniya va brendlar ishtirok etadi: Belarus Respublikasi, Hindiston, Xitoy, Latviya, Rossiya, Turkiya va O'zbekiston.

2022-yil 30-sentyabrda Vazirlar Mahkamasining 556-sonli "To'qimachilik va tikuv-trikotaj korxonalarida chuqur qayta ishlash va yuqori qo'shilgan qiymatli tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni hamda ularning eksportini moliyaviy qo'llab-quvvatlashni yanada kengaytirish chora-tadbirlari tog'risida"gi qarori qabul qilindi. Hujjat eksport qilinadigan tayyor tikuv va trikotaj mahsulotlari hajmini oshirish, eksport bilan shug'ullanuvchi mahalliy ishlab chiqarish korxonalarini rag'batlantirish va har tomonlama qo'llab-quvvatlashni nazarda tutadi.

Ushbu qarorning rag'batlantiruvchi ta'sirining ko'rsatkichi sifatida, agar bahorda mahalliy kompaniyalarning ulushi 75 foizni tashkil etgan bo'lsa, unda kuzgi ko'rgazmada u ishtirokchilar umumiy sonining 82 foizigacha o'sganligini ko'rsatish mumkin.
Eksponentlar keng assortimentda o'zbek paxtasidan tayyorlangan mahsulotlar: kalava-ip, gazlamalar, trikotaj mato, noto'qima matolar, erkaklar, ayollar va bolalar kiyimi, paypoq mahsulotlari, ichki trikotaj, maishiy to'qimachilik mahsulotlari va boshqalarni namoyish etadi.

Kuzgi mavsum ko'rgazmasida yana bir bor Turkiya Milliy Pavilyonining ishtiroki rejalashtirilgan bo'lib, uning stendlarida maishiy to'qimachilik mahsulotlari, tayyor kiyim, ichki kiyim, gazlamalar, trikotaj matolar, shuningdek to'qimachilik furniturasi ishlab chiqaruvchilari o'z mahsulotlarini namoyish etadilar.

Joriy yilning bahorgi ko'rgazmasida muvaffaqiyatli ishtirok etishdan zavqlangan Belarus Respublikasining yetakchi kompaniyalari Bellegprom kontserni boshchiligida jamoaviy stend tarkibida yana ishtirok etmoqda: "Kamvol", "Mogoteks", "Orsha zig'ir kombinati". Ularning stendlarida har bir tashrif buyuruvchi paxta, zig'ir va jundan tayyorlangan keng turdagi tayyor kiyim va matolar, texnik va maishiy to'qimachilik va ko'plab boshqa mahsulotlar bilan tanishishi mumkin.

Rossiya Federatsiyasining Orenburg oblasti ishlab chiqaruvchilarining jamoaviy stendi UzTextile Expo Kuz 2022 ko'rgazmasida debyut ishtiroki bilan chiqadi. Erkaklar va ayollar ustki kiyimlari assortimenti (PALETO paxmoq kurtkalari), "Holti" savdo belgisi ostidagi tabiiy qo'y juni va paxtadan tayyorlangan buyumlar, zig'ir matolari va maxsus kiyimlar, tabiiy tivitdan mahsulotlar namoyish etiladi.

Ko'rgazmaning debyutantlari orasida mahalliy ishlab chiqaruvchilar: Hojaobod Fayz M, Anteks, Sulton Styles, Real-Tex, By Select, Vobkent Tola Klaster, Namangan Paxta Teks, Ahsan Apparel, Narimteks va boshqalar.

Ko'rgazmaning doimiy ishtirokchilari: Osborn Textile, Ideal, Nil-Granit (Samo), Samarkand Apparel, Saff Textile, Zelal Tekstil, Bahmal Group, Alliance Textile, Indorama Kokand Textile va boshqalar an'anaviy tarzda o'z stendlarida mahalliy va xorijiy xaridorlar uchun yuqori sifatli to'qimachilik va tikuvchilik mahsulotlarini taqdim etadilar.

An'anaga ko'ra, 100 dan ortiq xaridchi kompaniyalar O'zbekistondan to'qimachilik mahsulotlari va xom ashyolarni import qilish bo'yicha o'zbek ishlab chiqaruvchilari bilan muzokaralar olib borishini kutayotgan "Buyer" dasturi amalga oshiriladi.

2022-yilning 5-Yubiley xalqaro UzTextile Expo Kuz 2022 ko'rgazmasi Toshkent to'qimachilik haftaligi doirasida bo'lib, uning biznes dasturi quyidagi tadbirlarni o'z ichiga oladi:
  • Tashkent Textile Summit – 12-oktyabr, o'tkazilish joyi: International Hotel mehmonxonasi
  • To'qimachilik va moda sanoatining xalqaro "UzTextile Expo Kuz 2022" ko'rgazmasi, 12-14-oktyabr kunlari, o'tkazilish joyi: "O'zekspomarkaz" MKM
  • FIT Show - modalar namoyishi, 12-oktyabr, o'tkazilish joyi: "O'zekspomarkaz" MKM
Ko'rgazma veb-saytida onlayn ro'yxatga olish bo'lib otmoqda, undan 2000 kishi ro'yxatdan o'tib bo'ldi. Ro'yxatdan o'tish Aynan bahorda Toshkentda "UzTextile Expo Bahor'22" to'qimachilik va moda sanoatining xalqaro ko'rgazmasi katta muvaffaqiyat bilan bo'lib o'tdi. U bir tom ostida dunyoning to'qqiz mamlakatidan 120 dan ortiq kompaniya va brendlarni, shu jumladan Belarus Respublikasi, Turkiya milliy stendlarini, Hindiston, Tojikiston va boshqa mamlakatlarning jamoaviy stendlarini bir tom ostida jamladi. Ko'rgazmada O'zbekistonning 100 dan ortiq ishlab chiqaruvchilari, flagmanlar va paxta-to'qimachilik klasterlaridan tortib, eng talabchan mijozlarning talablarini to'liq qondirish uchun kichik biznes vakillarigacha qatnashdilar. Ko'rgazmaga 5000 dan ortiq mutaxassis tashrif buyurdi, ular orasida 26 mamlakatdan kelgan 816 nafar rasmiy bayer ham bor edi. Stendlarda muzokaralar kechgacha davom etdi. Bayerlarning asosiy qismi Rossiya kompaniyalari va brendlari, xususiy xaridorlar va taniqli chakana savdo tarmoqlariga to'g'ri keldi.

O'zbekistonlik to'qimachilar va tikuvchilarining mavsumiy mahsulotlar ishlab chiqarishdagi barcha kuchli tomonlarini namoyish etishga 12-14-oktyabr kunlari Toshkent shahrida "O'zekspomarkaz" MKMda (1- va 2-pavilyonlar, tashqi ekspozitsiyasi) bo'lib o’tadigan kuz-qish to'plamlarini namoyish etish uchun "UzTextile Expo Kuz'22" ko'rgazmasi chaqirilgan.

Ko'rgazmaning muhim xususiyati shundaki, boshqa yirik to'qimachilik mamlakatlari kabi o’zining tarixida ilk marotaba UzTextile Expo yil davomida ikkinchi marta "Kuz/Autumn" qo'shimchasi bilan bo'lib o'tadi, mavsumiy yangiliklar va texnologiyalarni, kiyim-kechak va to'qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarishning dolzarb tendentsiyalarini namoyish etadi. Xalqaro darajadagi tadbir yana bir bor Markaziy Osiyo va jahon to'qimachilik sanoatining yetakchilarining texnologik zanjir bo'ylab – kalava-iplardan tortib tayyor kiyim-kechak va aksessuarlarga qadar yutuqlari va yangiliklarini taqdim etadi.

Ko'rgazmaning kuz mavsumida 7 mamlakatdan 122 kompaniya va brendlar ishtirok etadi: Belarus Respublikasi, Hindiston, Xitoy, Latviya, Rossiya, Turkiya va O'zbekiston.

2022-yil 30-sentyabrda Vazirlar Mahkamasining 556-sonli "To'qimachilik va tikuv-trikotaj korxonalarida chuqur qayta ishlash va yuqori qo'shilgan qiymatli tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni hamda ularning eksportini moliyaviy qo'llab-quvvatlashni yanada kengaytirish chora-tadbirlari tog'risida"gi qarori qabul qilindi. Hujjat eksport qilinadigan tayyor tikuv va trikotaj mahsulotlari hajmini oshirish, eksport bilan shug'ullanuvchi mahalliy ishlab chiqarish korxonalarini rag'batlantirish va har tomonlama qo'llab-quvvatlashni nazarda tutadi.

Ushbu qarorning rag'batlantiruvchi ta'sirining ko'rsatkichi sifatida, agar bahorda mahalliy kompaniyalarning ulushi 75 foizni tashkil etgan bo'lsa, unda kuzgi ko'rgazmada u ishtirokchilar umumiy sonining 82 foizigacha o'sganligini ko'rsatish mumkin.

Eksponentlar keng assortimentda o'zbek paxtasidan tayyorlangan mahsulotlar: kalava-ip, gazlamalar, trikotaj mato, noto'qima matolar, erkaklar, ayollar va bolalar kiyimi, paypoq mahsulotlari, ichki trikotaj, maishiy to'qimachilik mahsulotlari va boshqalarni namoyish etadi.

Kuzgi mavsum ko'rgazmasida yana bir bor Turkiya Milliy Pavilyonining ishtiroki rejalashtirilgan bo'lib, uning stendlarida maishiy to'qimachilik mahsulotlari, tayyor kiyim, ichki kiyim, gazlamalar, trikotaj matolar, shuningdek to'qimachilik furniturasi ishlab chiqaruvchilari o'z mahsulotlarini namoyish etadilar.

Joriy yilning bahorgi ko'rgazmasida muvaffaqiyatli ishtirok etishdan zavqlangan Belarus Respublikasining yetakchi kompaniyalari Bellegprom kontserni boshchiligida jamoaviy stend tarkibida yana ishtirok etmoqda: "Kamvol", "Mogoteks", "Orsha zig'ir kombinati". Ularning stendlarida har bir tashrif buyuruvchi paxta, zig'ir va jundan tayyorlangan keng turdagi tayyor kiyim va matolar, texnik va maishiy to'qimachilik va ko'plab boshqa mahsulotlar bilan tanishishi mumkin.

Rossiya Federatsiyasining Orenburg oblasti ishlab chiqaruvchilarining jamoaviy stendi UzTextile Expo Kuz 2022 ko'rgazmasida debyut ishtiroki bilan chiqadi. Erkaklar va ayollar ustki kiyimlari assortimenti (PALETO paxmoq kurtkalari), "Holti" savdo belgisi ostidagi tabiiy qo'y juni va paxtadan tayyorlangan buyumlar, zig'ir matolari va maxsus kiyimlar, tabiiy tivitdan mahsulotlar namoyish etiladi.

Ko'rgazmaning debyutantlari orasida mahalliy ishlab chiqaruvchilar: Hojaobod Fayz M, Anteks, Sulton Styles, Real-Tex, By Select, Vobkent Tola Klaster, Namangan Paxta Teks, Ahsan Apparel, Narimteks va boshqalar.

Ko'rgazmaning doimiy ishtirokchilari: Osborn Textile, Ideal, Nil-Granit (Samo), Samarkand Apparel, Saff Textile, Zelal Tekstil, Bahmal Group, Alliance Textile, Indorama Kokand Textile va boshqalar an'anaviy tarzda o'z stendlarida mahalliy va xorijiy xaridorlar uchun yuqori sifatli to'qimachilik va tikuvchilik mahsulotlarini taqdim etadilar.

An'anaga ko'ra, 100 dan ortiq xaridchi kompaniyalar O'zbekistondan to'qimachilik mahsulotlari va xom ashyolarni import qilish bo'yicha o'zbek ishlab chiqaruvchilari bilan muzokaralar olib borishini kutayotgan "Buyer" dasturi amalga oshiriladi.

2022-yilning 5-Yubiley xalqaro UzTextile Expo Kuz 2022 ko'rgazmasi Toshkent to'qimachilik haftaligi doirasida bo'lib, uning biznes dasturi quyidagi tadbirlarni o'z ichiga oladi:
  • Tashkent Textile Summit – 12-oktyabr, o'tkazilish joyi: International Hotel mehmonxonasi
  • To'qimachilik va moda sanoatining xalqaro "UzTextile Expo Kuz 2022" ko'rgazmasi, 12-14-oktyabr kunlari, o'tkazilish joyi: "O'zekspomarkaz" MKM
  • FIT Show - modalar namoyishi, 12-oktyabr, o'tkazilish joyi: "O'zekspomarkaz" MKM
Ko'rgazma veb-saytida onlayn ro'yxatga olish bo'lib otmoqda, undan 2000 kishi ro'yxatdan o'tib bo'ldi. Ro'yxatdan o'tish http://bit.ly/Textile_reg_uz havolasida davom etmoqda.

Rasmiy ko'mak ko'rsatmoqda:
  • O'zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
  • "O'zto'qimachiliksanoat" uyushmasi
  • O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi
Tashrifchilarni ro'yxatga olish homiysi "AgroBank" ATB
Tashkilik ko'mak: "O'zekspomarkaz" MKM AJ
Bosh axborot hamkori: O'zbekiston milliy teleradiokompaniyasi (MTRK)

Tadbir Iteca Exhibitions xalqaro ko'rgazma kompaniyasi va uning hamkori ICA Eurasia sohaning bosh muassasi - "O'zto'qimachiliksanoat" uyushmasi hamda To'qimachilik mahsulotlari reklamasi va marketingi agentligi bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda.

Qo'shimcha ma'lumot uchun Iteca Exhibitions matbuot xizmatiga murojaat qiling
Tel: + (998 71) 205 18 18, faks: + (998 71) 237 22 72
E-mail: pr@iteca.uz; www.iteca.uz