26 Xalqaro “To‘qimachilik va Tikuvchilik Sanoati– TextileExpo Uzbekistan Bahor 2026” Ko‘rgazmasi

13 - 15 may 2026, O’zekspomarkaz MKK / O`zbekiston

Press-relizlar

"UzTextile Expo Bahor`2022" – to`qimachilik va tikuv-trikotaj sanoati yutuqlarining namoyishi


O'zbekiston to'qimachilik va tikuvchilik sanoati mamlakatimiz iqtisodiyotining jadal rivojlanayotgan sohalaridan biri bo'lib qolmoqda. Bu xalqaro texnologiyalar, sifat standartlari va eksport hajmini joriy etishda yetakchilik qiluvchi turdosh tarmoqlarni rivojlantirishning harakatlantiruvchi kuchi hisoblanadi.

Yil sayin tayyor kiyimlarni tikish bo'yicha ko'proq global kompaniya va brendlar "MADE IN UZBEKISTAN" belgisi ostidagi mahsulotlarni afzal ko'rmoqda. O'zbekiston kompaniyalari eksport sur'atlarini faol oshirmoqda. Masalan, 2021-yilda 1250 ta korxona eksport faoliyatini amalga oshirib, qiymati 3 milliard AQSh dollaridan ortiq mahsulot eksport qilindi.

Mamlakat 2021-yilda GSP+ imtiyozli dasturining benefitsiari maqomini qo'lga kiritib, shuningdek, to'qimachilik mahsulotlarini Buyuk Britaniya va boshqa Yevropa bozorlariga eksport qilish bo'yicha qator imtiyozlarga ega bo'lgan holda Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga eksport hajmini faol oshira boshladi. Cotton Campaign yaqinda O'zbekiston paxtasidan tayyorlangan mahsulotlarni sotib olishga boykotni bekor qildi va mamlakat tekstilchilari Yevropa va AQSh bozorlarida muhim o'rinni egallash uchun eksklyuziv imkoniyatga ega bo'ldilar.

O'zbekistonlik to'qimachilik va tikuvchilik sanoatchilarining barcha kuchli tomonlarini namoyish etish imkonini beradigan eng muhim va eng kutilgan ko'rgazma tadbiri, "UzTextile Expo Bahor'22" to'qimachilik va moda sanoatining navbatdagi 4-Xalqaro ko'rgazmasi Toshkentda 2022-yil 27-29-aprel kunlari Anhor bog'ida bo'lib o'tadi, uning ishtirokchilari Markaziy Osiyodagi hamkorlar bilan hamkorlikning keyingi istiqbollarini muhokama qilish imkoniyatiga ega bo’ladilar.

Ko'rgazma O'zbekiston to'qimachilik va tikuvchilik-trikotaj sanoatining ilg'or ishlanmalari va texnologiyalarini, kiyim-kechak va to'qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishdagi so’nggi tendensiyalarni namoyish etuvchi yutuqlarining noyob sohaviy namoyishidir.
Xalqaro miqyosdagi tadbir Markaziy Osiyo va jahon yetakchilarining to'qimachilik sanoatidagi yutuqlari va innovatsiyalarini butun texnologik zanjir bo'ylab – kalava ipdan tortib, tayyor kiyim va aksessuarlargacha yana bir bor tanishtiradi.

O'zbek paxtasidan tayyorlangan mahsulotlar keng ko'lamda namoyish etiladi: kalava ip, gazlamalar, trikotaj matolar, noto'qima materiallar, gilam qoplamalar, erkaklar, ayollar va bolalar kiyimi, uy to'qimachilik mahsulotlari va ko'plab boshqa mahsulotlar namoyish etiladi. Ko'rgazmada eng talabchan xaridorlarning talablarini to'liq qondirish maqsadida O'zbekistonning 90 ta ishlab chiqaruvchisi – flagman va paxta-to'qimachilik klasterlaridan tortib, kichik biznes vakillarigacha ishtirok etadi. Ko'rgazma ishtirokchilari orasida mahalliy korxonalarning ulushi 75 foizni tashkil etadi. Ishtirokchilarning aksariyati o'z hududlarida eng yirik korxonalar vakillaridir. Milliy eksponentlarning umumiy sonining 40 foizi ko'rgazma debyutantlari bo'lib, ushbu ko'rgazmada birinchi marta o'z mahsulotlarini namoyish etmoqda.

Ko'rgazmada Turkiya va Belarus Respublikasi ishlab chiqaruvchilarining milliy pavilyonlari, Hindiston, Tojikiston va boshqa mamlakatlar korxonalarining jamoaviy stendlari ishtirok etishi rejalashtirilgan.

Turkiya Milliy stendi tarkibida to'qimachilik sanoati uchun matolar, to'qimachilik aksessuarlari, ip-kalava, kimyoviy moddalar va bo'yoqlar ishlab chiqaruvchi yetti yetakchi kompaniya o'rin olgan. Bular Karinca Tekstil, Dinc Tekstil, Ozaslan Tekstil, Damteks, MYD, Berazol, Arm Kimya kompaniyalari.

Ko'rgazmada Belarus Respublikasini "Bellegprom" konserni va uchta kompaniya – O'zbekiston bozori uchun noyob bo’lgan mahsulotlar ishlab chiqaruvchi – "Orsha zig'ir kombinati" (zig'ir matolari, zig'irdan uy to'qimachilik mahsulotlari), "Mogoteks" (aralashtirilgan matolar, texnik va maishiy to'qimachilik mahsulotlari), "Kamvol" (jun va yarim jun mato va buyumlar). Shuningdek, ko'rgazmada Belarus Respublikasining kimyo va neft-kimyo sanoatining beshta korxonasi taqdim etiladi, ular to'qimachilik ishlab chiqarish uchun sun'iy va kimyoviy tolalar, qurilish uchun texnik to'qimachilik va polimer mahsulotlari, qishloq xo'jaligi uchun kimyoviy moddalar va o'g'itlar, shisha tolasi va ko'plab boshqalarni namoyish etadi.

"UzTextile Expo" ko'rgazmasi Markaziy Osiyo maqomiga ega bo'lgani bejiz emas. Tojikistonning to'rtta yetakchi kompaniyalari: Gulistoni Dushanbe, Ortex, Rahimov A., Zhongtai Dangara Sin Sulu kiyim-kechak va boshqa to'qimachilik mahsulotlarini namoyish etadi.

Shuningdek, Hindistondan to'rtta korxona: JB Ecotex, Saanika Industries, Shree Polyester, Vineet Polyfab - sun'iy va kimyoviy tolalarni namoyish etadi.

Ko'rgazmada 9 davlatdan jami 120 dan ortiq kompaniya va brendlar ishtirok etadi, shu jumladan Germaniya, Hindiston, Eron, Qozog'iston, Xitoy, Belarus Respublikasi, Tojikiston, Turkiya, O'zbekiston.

Ko'rgazmaning ishbilarmonlik dasturi doirasida 26-aprel kuni "Hilton" mehmonxonasida "O'zbekiston to'qimachilik xalqaro anjumani – Uzbekistan Textile Conference" o'tkaziladi. Anjuman yangi tendentsiyalar va muammolarni muhokama qilish uchun to'qimachilik va moda sanoati vakillarini yagona maydonda birlashtiradi. Anjumanga to'qimachilik va moda sohasidagi xalqaro tashkilotlar, milliy to'qimachilik uyushmalari rahbarlari, yirik chakana savdo kompaniyalari va xalqaro kiyim brendlari rahbarlari, ixtisoslashgan ommaviy axborot vositalarining bosh muharrirlari, mahalliy kompaniyalar, investorlar taklif etilgan.

Ko'rgazma doirasida an'anaviy tarzda tashrif buyurgan chet ellik xaridorlarga ko'rgazmada imkon qadar samarali va qulay muzokaralar olib borishga yordam beradigan xaridorlar dasturi amalga oshiriladi. Joriy yilda ko'rgazmaga O'zbekistondan xomashyo va materiallarni tikish va import qilish uchun buyurtma berish shartlarini muhokama qilish uchun o'zbek to'qimachilik ishlab chiqaruvchilari bilan muzokaralar olib borish uchun kelgan 100 ga yaqin xaridor kompaniyalarni qabul qilish kutilmoqda.
"UzTextile Expo" ko'rgazmasi ilk bor 2006-yilda "Textile Expo Uzbekistan" brendi ostida o'tkazilgan va mazkur yildan beri ko'plab mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan uchrashish va sanoatning so'nggi yangiliklari bilan tanishish uchun bosh joy bo'lib qolmoqda.

Rasmiy ko'mak ko'rsatdi:
  • O'zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
  • "O'zto'qimachiliksanoat" uyushmasi
  • O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi
Tashkiliy ko'mak: "O'zekspomarkaz" MKM AJ
Bosh axborot hamkori: O'zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (MTRK)


Tadbir Iteca Exhibitions va uning hamkori ICA Eurasia xalqaro ko'rgazma kompaniyalari tomonidan va sohadagi yetakchi boshqarma – "O'zto'qimachiliksanoat" uyushmasi bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda.

Ko'rgazma Iteca Exhibitions kompaniyasining barcha tadbirlari kabi O'zbekiston Respublikasi Maxsus komissiyasi va Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti tomonidan belgilangan sanitariya-epidemiologik me'yorlari va qoidalari talablariga qat'iy rioya qilgan holda o'tkaziladi.

Axborot ko'magi


Qo'shimcha ma'lumot uchun,
iltimos, Iteca Exhibitions matbuot xizmatiga murojaat qiling.
Tel: + (998 71) 205 18 18, faks: + (998 71) 237 22 72
E-mail: pr@iteca.uz; www.iteca.uz