Press-relizlar
UzTextile Expo – O‘zbekiston to‘qimachilik va tikuv sanoati yutuqlarining eng muhim ko‘rigi

An’anaviy tarzda Iteca Exhibitionsning kuzgi mavsumi boshlanishi to‘qimachilik va tikuv sanoati professionallari uchun UzTextile Expo-mintaqadagi to‘qimachilik va moda sanoatining eng asosiy xalqaro ko‘rgazmasi bilan bog‘liq bo‘ladi. Joriy yilda UzTextile Expo 2019 11-13 sentabr kunlari Global Textile Days Tashkent 2019 doirasida o‘tkaziladi. Bu yilgi ko‘rgazma ekspozitsiyasi deyarli ikki barobarga oshdi va MKM “O‘zekspomarkaz”ning uchta pavilonini egallaydi.
Bugungi kunda «UzTextile Expo» – eksport geografiyasini kengaytirdi va uzoq muddatli hududiy va o‘zaro mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlashda yangi imkoniyatlarni ochadigan, sanoatni, shu jumladan, kichik va o‘rta biznes sub’ektlarini rivojlantirish va tarmoqni qo‘llab-quvvatlash, ishlab chiqarish va sotishning turli masalalarini hal qilish borasidagi samarali bir soha maydonidir.
Faqat bir narsa o‘zgarishsiz - «UzTextile Expo» eng asosiy va eng yirik tarmoq tadbiri bo‘lgan va bo‘lib qoladi:
- 3000 kvadrat metrdan ortiq maydon
- 10 mamlakatdan 150 ishtirokchi kompaniyalar
- 2018 yil 3 kun ichida 23 mamlakatdan 7000 dan ortiq mehmon.
Xalqaro darajadagi tadbir Markaziy Osiyo mamlakatlari va jahon to‘qimachilik sanoati etakchilarining yigirilgan ipdan tortib to tayyor kiyim-kechak va aksessuarlargacha bo‘lgan barcha texnologik zanjirdagi yutuqlari va innovatsiyalarini namoyish qiladi. Germaniya, Xitoy, Latviya, Belarus Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Slovakiya, Tojikiston, Turkiya, O‘zbekiston va Ukraina kabi 10 mamlakatning 150ta kompaniyasi.
Ishtirokchilarning umumiy sonini 60 foizidan ortig‘ini mulkchilikning turli shakli, faoliyatning ko‘lami va turidagi mahalliy ishlab chiqaruvchilar tashkil qiladi. Ular orasida yirik bayroqdorlar va ishlab chiqaruvchilar, hamda maxsus Kichik biznes hududida joylashadigan kichik biznes vakillari bor. Bu yil yuqori darajada integratsiyalashgan ishlab chiqarishlar bo‘lmish Buxoro, Andijon va boshqa viloyatlardagi paxta-to‘qimachilik klasterlari vakillari birinchi marotaba ko‘rgazmada ishtirok etadi va o‘z mahsulotlarini namoyish qiladi. Ular o‘zlarining tuzilmalarida etishtirilgan paxta tolasidan tayyorlangan mahsulotlarini taqdim etadilar.
Turkiya paviloni stendlarida tikuv furniturasi, interеr matolari, kiyim, xonadon to‘qimachiligi va boshqa to‘qimachilik buyumlarini ishlab chiqaruvchilari o‘z mahsulotlarini namoyish qiladilar. Xitoy paviloni doirasida unga keluvchilar sintetik tola, noto‘qima materiallar, amaliy materiallar va furnitura, kiyim va xonadon to‘qimachiligini ishlab chiqaruvchilari bilan uchrashadilar.
O‘zlarining yorqin debyutlari bilan quyidagilar ishtirok etadi: Orshan zig‘irkorlik komibinati (Belarus Respublikasi) – gazlama va zig‘irdan mahsulotlar, Termopol (RF) - sintepon va turli noto‘qima materiallar, Chemosvit Fibrochem a.s. (Slovakiya) – polipropilen iplar, Hohenstein Textile Testing Institute (Germaniya) - sertifikatlashtirish xizmatlari, VOVK (Ukraina) – ayollar kiyimlari va poyafzali.
Chakana savdo shoxobchalari, internet-do‘konlar, xonadon uchun buyumlar do‘konlari, interьer salonlar uchun UzTextile Expo 2019 – bu kiyimlar, xonadon va interьer to‘qimachiligi va interьerni bezash uchun materiallarni etkazib beruvchilari bazasini kengaytirish, fabrikalar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri manfaatli shartnomalarni tuzish, hamda bir maydonda hamkorlarning yangi to‘plamlari bilan tanishish uchun eng yaxshi vositalardan biridir.
Maxsus Bayer dasturi –bu bayerlar, importchilar, distribyuterlar, ulgurji savdo qiluvchilar, riteylerlarga xonadon va interьer to‘qimachiligi mahsulotlarini yangi etkazib beruvchilarini, mahalliy tayyor to‘qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar uchun esa gazlamalarning xorijiy etkazib beruvchilarini topishda ajoyib imkoniyatdir. Dasturni besh yillik amalga oshirilishi mobaynida uning ishida Rossiya, Ukraina, Belarus Respublikasi, Qozog‘iston, Turkiya, Xitoy va boshqa mamlakatlarning 250dan ortiq yirik bayerlari, hamda Rossiyaning «Auchan», «X5» va «Magnit», Gloria Jeans, OGGI kompaniyalari va ko‘plab boshqalar ishtirok edi.
Eslatib o‘tamiz, Uztextile Expo 2019 ko‘rgazmasi O‘zbekistonning to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatidagi keng ko‘lamli tadbir- Global Textile Days Tashkent 2019 doirasida o‘tkaziladi.
Global Textile Days Tashkent 2019 tadbirlarining Amaliy Dasturi- joriy yilda mutlaqo boshqacha! Ko‘rgazmaga tashrif buyuruvchilarni maxsus tadbirlarning juda ham qiziqarli dasturi kutmoqda.
Global Textile Days Tashkent 2019 besh kun davom etadigan bir necha voqealarni birlashtiradi:
- Paxta bo‘yicha Xalqaro maslahat qo‘mitasi tomonidan tashkil etiladigan Paxtani ilmiy tadqiq etish va ishlab chiqishning Osiyo tarmog‘ini 8- kengashi.
- O‘tkazish sanasi: 9-11 sentabr 2019. O‘tkazish joyi: International mehmonxonasi
- O‘zbekistonning Xalqaro to‘qimachilik anjumani - Uzbekistan Textile Conference 2019. O‘tkazish sanasi: - 10 sentabr 2019. O‘tkazish joyi: International mehmonxonasi.
- Toshkent to‘qimachilik mashinasozligi ko‘rgazmasi -Tashkent Textile Machinery Exhibition TTME 2019. O‘tkazish sanasi: 11-13 sentabr 2019. O‘tkazish joyi: MKM «O‘zekspomarkaz». Pavilonlar 3 va 4
- Modalar va mahalliy hamda xorijiy dizaynerlarning sanoat to‘plamlari namoyishi Ready-to-Wear Fashion Show. O‘tkazish sanasi - 12 sentabr 2019. O‘tkazish joyi: Toshkent sh, MKM «O‘zekspomarkaz», Kongress Xoll.
Ko‘rgazmaga tashrif qulay bo‘lishi uchun uning www.textileexpo.uz saytida barvaqt onlayn ro‘yxatdan o‘ting va o‘z beydjingizni oling.
Ko‘rgazmaga rasmiy ko‘mak ko‘rsatganlar:
- “O‘zto‘qimachiliksanoati” uyushmasi
- O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
- To‘qimachilik mahsulotlarini reklamasi va marketingi bo‘yicha Agentlik.
- O‘zbekiston Res publikasi Savdo-sanoat palatasi
Tashkiliy ko‘mak: AJ “MKM “O‘zekspomarkaz”
Texnik Partner: LED design
Tashkilotchi - Iteca Exhibitions Xalqaro ko‘rgazmalar kompaniyasi va uning hamkori– ITE kompaniyalari guruhi.
Qo‘shimcha axborot olish uchun, marhamat, Iteca Exhibitionsning matbuot xizmatiga murojaat qiling
Tel: + (998 71) 205 18 18, faks: + (998 71) 237 22 72, E-mail: guzal.artykova@iteca.uz; www.iteca.uz