Press-relizlar
To`qimachilik sanoatining uyg`unligi UzTextileExpo ko’rgazmasida

So'nggi 29 yil ichida O'zbekistonning to'qimachilik sanoati chet el investitsiyalarini jalb qilish, va mahsulotlarni eksport qilish bo'yicha yetakchilardan biriga aylandi. Ichki zaxiralar va imkoniyatlarning eng muhim yo'nalishi mahalliy xom ashyoni qayta ishlash chuqurligini bosqichma-bosqich oshirish, shuningdek yuqori qo'shilgan qiymatga ega mahsulotlarni ishlab chiqarish hajmi va assortimentini kengaytirish edi. Bugungi kunda sanoat eksportning keng assortimenti bilan ifodalanadi – kalava ipdan tortib tayyor tikuv va to'qimachilik buyumlarigacha.
Sanoatning so'nggi trendlari va tendensiyalari har yili O'zbekiston to'qimachilik va moda sanoatining asosiy xalqaro ko'rgazmasi – UzTextileExpo'da aks topadi. Bu yilgi ko'rgazma bahorda, 27-29-may kunlari poytaxtimizning MKM "O'zekspomarkaz" ning 2-pavilyonida bo'lib o'tadi.
Cheklangan muloqot va xalqaro aloqalarning murakkab yilida UzTextileExpo pandemiyadan keyingi birinchi professional sanoat platformasiga aylanadi. Bugungi kunda UzTextileExpo - bu ko'p tarmoqli ishbilarmonlik platformasi bo'lib, u o'zining o'tkazilishi davomida o'zbek kiyim-kechak ishlab chiqaruvchilari, chakana va ulgurji savdo korxonalari o'rtasida to'qimachilik va tikuvchilik mahsulotlarini ilgari surishning asosiy sanoat ko'rgazmasiga aylandi. Jonli suhbatlashish, bitta maydonda barcha mahsulotlarni topish, sifatini baholash, turli ishlab chiqaruvchilar va yetkazib beruvchilar takliflarini taqqoslash imkoniyati - UzTextileExpo'ning asosiy ahamiyatidir.
Joriy yil ko'rgazma Belarus Respublikasi, Koreya Respublikasi, Rossiya, Tojikiston, Turkiya, Afg'oniston va O'zbekiston kabi asosiy mamlakatlardan 100 ga yaqin kompaniya va brendlarni jamladi. Ko'rgazma ekspozitsiyasi to'qimachilik va yengil sanoat mahsulotlarining barcha assortimentini taqdim etadi: xom ashyo, paxta va aralash iplar, qattiq va tayyor matolar, to'qima matolar, to'qimachilik mahsulotlari uchun aksessuarlar va materiallar, shuningdek tayyor to'qimachilik mahsulotlari – kiyim-kechak, trikotaj, paypoq buyumlari, uy to'qimachilik mahsulotlari, pol qoplamalari va boshqalar.
Ishtirokchilarning 90% dan ortig'i tayyor to'qimachilik va tikuvchilik mahsulotlarining mahalliy ishlab chiqaruvchilaridir.
Ko'rgazma debyutantlari – "Forestcolor", "Baxt Textile Andijon", "Chust Textile", "Daka-Intex", "Sanoat Gilam", "Gulsum–Textile" kompaniyalar va ko'rgazmaning doimiy ishtirokchilari – "Elegant Garment", "Aisha Home Textile", "Samo", "Bahmal Group", "Osborn Textile", "Khantex", "Samarkand Apparel", "Biryuza Group", "Ideal", "Xorazm Tex", "Alliance Textile", "Art Soft Holding", "Barkas Teks", " Global Textile Solutions", "Ark Eko Textile" kompaniyalari va boshqalar.
Ko'rgazmada yana bir bor Turkiyaning 6 ta ishlab chiqaruvchi kompaniyalari milliy stend bilan ishtirok etib, ular kiyim-kechak, tikuv furnituralai, aksessuarlar, to'qimachilik kimyoviy moddalari va bo'yoqlar ishlab chiqarish uchun keng turdagi matolarni namoyish etadilar.
Chet el kompaniyalari orasida, kimyoviy tolalar va to’qilmagan matolar ishlab chiqaruvchisi - "Svetlogorskkhimvolokno" (Belorusiya Respublikasi); "Moskva" savdo-yarmarka kompleksi (Rossiya); KITECH texnoparki (Koreya sanoat texnologiyalari instituti) va boshqalar bor. Afg'onistonlik hunarmandlarning mahsulotlari namoyish etiladigan ko'rgazmada birinchi marta BMT XMT bo'limi - Xalqaro mehnat tashkiloti ishtirok etadi.
UzTextileExpo' ko’rgazmasining asosiy afzalligi uning doirasida bir necha yillardan buyon xorijiy tashrif buyuruvchilarning yuqori qiziqishini saqlab kelayotgan Maxsus xaridor dasturidir. Dasturning asosiy maqsadi mahalliy to'qimachilik mahsulotlarini ilgari surish va chet elga eksport qilishni kengaytirishdir.
UzTextileExpo 2021 ko'rgazmasi O'zbekiston to'qimachilik va tikuvchilik sanoatining keng ko'lamli tadbiri - Global Textile Days Tashkent 2021 doirasida bo’lib o’tadi.
Tadbir, O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi va koronavirusga qarshi kurash bo'yicha Respublika maxsus komissiyasi tomonidan belgilangan barcha norma va talablarga qat'iy rioya qilgan holda, shuningdek, Ko'rgazma sanoati jahon uyushmasi (the Global Association of the Exhibition Industry (UFI)) tomonidan ishlab chiqilgan standartlarga muvofiq ravishda o'tkaziladi.
Ko’rgazmaning rasmiy ko’magi:
- "O'zto'qimachiliksanoat" uyushmasi
- O'zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
- O'zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi
Tashkiliy ko'mak: "O'zekspomarkaz" MKM AJ
Texnik hamkor: Led Design Group
Tadbir tashkilotchilari - To'qimachilik mahsulotlari reklamasi va marketing agentligi, Iteca Exhibitions va uning hamkori – ICA Eurasia xalqaro ko'rgazma kompaniyalari.
Qo'shimcha ma'lumot uchun Iteca Exhibitions matbuot xizmatiga murojaat qiling
Teл: + (998 71) 205 18 18, факс: + (998 71) 237 22 72
E-mail: pr@iteca.uz; www.iteca.uz