Yangiliklar
2024-yilda O`zbekistonda to`qimachilik ishlab chiqarishi o`sdi, lekin eksport 6,7% ga kamaydi.
O'zbekiston Respublikasi Statistika agentligi ma'lumotlariga ko'ra, mamlakatda to'qimachilik mahsulotlari 89,5 trillion so'm, kiyim-kechak esa 33,8 trillion so'mga ishlab chiqarildi (jami 123,3 trillion so'm), bu esa qayta ishlash sanoatining 16,4% ni tashkil etdi.
2023-yilda jami 94,6 trillion so'mlik to'qimachilik mahsulotlari va kiyim-kechak ishlab chiqarilgan.
Shu bilan birga, to'qimachilik mahsulotlari eksporti 2023-yilga nisbatan 6,7% ga pasaygan. 2024-yil yanvar-dekabr oylarida eksport $2,87 milliardni tashkil etdi. To'qimachilik mahsulotlari eksportining tuzilmasida asosiy ulushni iplar (43,2%) va tayyor to'qimachilik mahsulotlari (39,2%) egallaydi.
Light Central Asia — O'zbekistonda Markaziy Osiyoning yengil sanoatini faollik bilan targ'ib qilayotgan axborot-analitik resurs.
Manba