26 Xalqaro “To‘qimachilik va Tikuvchilik Sanoati– TextileExpo Uzbekistan Bahor 2026” Ko‘rgazmasi

13 - 15 may 2026, O’zekspomarkaz MKK / O`zbekiston

Press-relizlar

UzTextileExpo Spring - eksportchilar va importchilar uchrashadigan joy



2024-yil 28-maydan 30-mayga qadar "O'zekspomarkaz" MKKda 8-Xalqaro "To'qimachilik va moda sanoati – UzTextile Expo Bahor 2024" ko'rgazmasi o'z ekspozitsiyasini namoyish etadi.
Respublika rahbariyatining e'tibori va qo'llab-quvvatlashi tufayli O'zbekiston to'qimachilik sanoati so'nggi yillarda o'z rivojlanishida ulkan natijalarga erishdi, mahalliy to'qimachilik jahon bozorlarida muhim o'rin tutadi. Har yili ishlab chiqarish va eksportning umumiy hajmi o'sib bormoqda. O’zbekiston korxonalarining mahsulotlari nafaqat an'anaviy bozorlarda – MDH mamlakatlarida, Xitoyda katta talabga ega, balki Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida, hatto Afrika va Lotin Amerikasida ham sotuvlar miqdori tobora oshib bormoqda.
2023-yil "UzTextileExpo Bahor 2023" va "UzTextileExpo Kuz 2023" ko'rgazmalarining muvaffaqiyatli o'tkazilishi bilan nishonlandi. Ko'rgazma yiliga ikki marta o'tkazilishi bejiz emas – mavsumiy format tadbirga bo'lgan talab va uning sanoatning yetakchi ko'rgazma tadbirining tan olingan maqomiga bog'liq. UzTextileExpo ishlab chiqaruvchilarning potentsial mijozlari bilan ishbilarmonlik aloqalari, savdo bozorlarini kengaytirish bo'yicha hamkorlik aloqalarini o'rnatish uchun samarali biznes-platforma hisoblanadi. Bunda maxsus "Buyer" (xaridor) dasturi - ishlab chiqaruvchilar, ulgurji xaridorlar, chakana sotuvchilar uchun yangi yetkazib beruvchilarni topish uchun noyob vosita sifatida muhim rol o'ynaydi. Bu yilgi ko'rgazmaga 200 dan ortiq "Buyer"larning kelishi tasdiqlangan.
2024-yil bahor ko'rgazmasida Belarus Respublikasi, Hindiston, Xitoy, Rossiya, Tojikiston, Turkiya, O'zbekistondan 250 ta kompaniya va brendlar ishtirok etadi, bu avvalgi tadbirlar ko'rsatkichlaridan oshib ketadi. To'qimachilik va tikuvchilik mahsulotlarining butun ishlab chiqarish zanjiri – kalava-ipdan tayyor kiyimgacha mehmonlar e'tiboriga taqdim etiladi.
Har yili mahalliy ishlab chiqaruvchilar soni ko'payib bormoqda va bu yil O'zbekistonning 60 ishlab chiqaruvchisi - flagmanlar va paxta-to'qimachilik klasterlaridan tortib, to'qimachilik va tikuvchilik kichik biznes vakillarigacha ko’rgazmada ishtirok etib, so'nggi ishlanmalar va yuqori sifatli mahsulotlarni namoyish etadilar. Ko'rgazmaning doimiy ishtirokchilari orasida Osborn Textile, Samarkand Apparel, Stuff Textile, Zelal Tekstil, Oqsaroy Group, Yustex, Bahmal Group, Barkas, Quva Tekstil, Textile Mill Tashkent va boshqa kompaniyalarni aytib o’tish mumkin.
Kalava-ip, mato, uy to'qimachilik buyumlari, kiyim-kechak, shuningdek gilam ishlab chiqaruvchilar yana Belarus Respublikasining "Bellegprom" kontserni boshchiligidagi milliy stend doirasida ishtirok etadilar.
Xitoy kompaniyalari (145 kompaniya) an'anaviy keng jamoaviy va milliy tarzda ishtirok etlib, o’z stendlarida uy to'qimachilik mahsulotlari, tayyor kiyim, ichki kiyim, mato, trikotaj mato, shuningdek to'qimachilik furniturasi va aksessuarlari ishlab chiqaruvchilari o'z mahsulotlarini namoyish etadilar. Ko'rgazmada Chjetsyan provintsiyasining Ketsao tumanidagi kompaniyalarning texnologiyalari va mahsulotlari bilan tanishish mumkin bo'ladi. Ketsaoda eng yirik mato tarqatish markazi - Xitoy to'qimachilik shahri joylashgan bo'lib, u barcha to'qimachilik buyumlari va to'qimachilik savdogarlarini jalb qiladi. Xitoyning milliy ishtiroki Xitoy xalqaro savdoni rivojlantirish kengashi CCPIT tomonidan faol qo'llab-quvvatlanadi.
Shuningdek, ko'rgazmada Ivanovo va Penza oblastlarining jamoaviy stendlari ishtirok etiladi, ularda to'qimachilik mahsulotlarining keng to'plami, shu jumladan brezent, bo'z, chit, flanel, tayyor dizayner kiyimlari, tashqi kiyimlar, shuningdek, PVX va YBP (yuqori bosim polietileni) qadoqlash materiallari, lenta va ko'plab boshqa mahsulotlar namoyish etiladi.
An'anaga ko'ra, Turkiya (17 kompaniya) kompaniyalari jamoaviy tarzda ishtirok etadilar, ularning stendlarida kalava-iplar, matolar, shuningdek to'qimachilik aksessuarlari va to'qimachilik matolari ishlab chiqaruvchilari o'z mahsulotlarini namoyish etadilar.
UzTextile Expo nafaqat oddiy tadbir, balki ishlab chiqaruvchilar, dizaynerlar va mutaxassislar uchrashishi, fikr va tajriba almashishi va so'nggi ishlanmalarini taqdim etishi mumkin bo'lgan sohadagi asosiy voqeadir. Bu nafaqat to'qimachilik sohasidagi eng yangi texnologiyalar va tendentsiyalarni namoyish etish imkoniyati, balki biznesni rivojlantirish, aloqalarni o'rnatish va bitimlar tuzishda muhim bosqichdir. Innovatsiyalarni ilgari surish, bozorni rivojlantirish va ushbu sohadagi global tendentsiyalarni shakllantirishda muhim rol o'ynaydigan ko'rgazma biznes tadbirlari kalendarining ajralmas qismidir.

Ko'rgazmaning rasmiy ko'magi:

- O'zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
- O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi
- "O'zto'qimachiliksanoat" uyushmasi
- O'zbekiston Respublikasi Qishloq xo'jaligi vazirligi huzuridagi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo'mitasi

Tashkiliy ko'mak: "O'zekspomarkaz" MKK

Hamkor:

Rasmiy transport-logistika hamkori:

Texnik hamkor: Internet-hamkor:


Ko'rgazma tashkilotchisi: Iteca Exhibitions xalqaro ko'rgazma kompaniyasi va uning hamkori ICA Eurasia Group "O'zto'qimachiliksanoat" uyushmasi huzuridagi To'qimachilik mahsulotlari reklamasi va marketingi agentligi bilan hamkorlikda.
Qo'shimcha ma'lumot olish uchun Iteca Exhibitions matbuot xizmatiga murojaat qiling
Tel: + (998 71) 205 18 18, E-mail: pr@iteca.uz;www.textileexpo.uz