26 Xalqaro “To‘qimachilik va Tikuvchilik Sanoati– TextileExpo Uzbekistan Bahor 2026” Ko‘rgazmasi

13 - 15 may 2026, O’zekspomarkaz MKK / O`zbekiston

Press-relizlar

UzTextileExpo Autumn 2024: eng sara mahsulotlar bir maydonda "Buyer"lar uchun


9-Xalqaro “To‘qimachilik va moda sanoati – UzTextileExpo Autumn 2024” ko‘rgazmasi o‘z ekspozitsiyasini 15-17-oktyabr kunlari “O‘zekspomarkaz” MKKning 1- va 2-pavilyonlarida namoyish etadi.

Tadbir tashkilotchilari - Iteca Exhibitions xalqaro ko‘rgazma kompaniyasi va uning hamkori ICA Eurasia Group, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi huzuridagi To‘qimachilik mahsulotlarini reklamasi va marketing agentligi bilan hamkorlikda.

So‘nggi yillarda O‘zbekiston to‘qimachilik sanoati o‘z rivojlanishida katta yutuqlarga erishdi – mamlakatda yetishtirilayotgan deyarli barcha paxta mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan qayta ishlanmoqda. Sanoat korxonalari soni ortib bormoqda, bunda ular qatoriga kichik va o‘rta biznes subyektlari ham, ishlab chiqarish zanjiri bo‘ylab mahsulotlarni - kalava-ipdan tayyor kiyimgacha yetkazib beradigan yirik klasterlar ham kiradi. Eksportga yetkazib beriladigan mahsulotlar hajmi yildan-yilga o‘sib bormoqda, O‘zbekiston yetakchi eksportchilar orasida o‘z o‘rnini egallab kelmoqda, O‘zbekiston to‘qimachilik mahsulotlari yangi bozorlarni zabt etmoqda.

UzTextileExpo ko‘rgazmasining asosiy vazifalaridan biri mahalliy to‘qimachilik va tikuvchilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarini qo‘llab-quvvatlash, “Made in Uzbekistan” brendi ostida mahsulotlarni jahon bozorlarida eksport qilish va targ‘ib qilishga ko‘maklashishdir.

Ushbu strategiyaning muhim elementi an'anaviy “Buyer” dasturi bo‘lib, u yaqin va uzoq mamlakatlardan bo‘lajak xaridorlarga to‘qimachilik va tikuvchilik mahsulotlar ishlab chiqaruvchilari va yetkazib beruvchilari bilan ishchi aloqalarini o‘rnatish uchun noyob imkoniyatni taqdim etadi. Dastur birinchi marta O‘zbekistonda ushbu ko‘rgazmada 2011-yilda ishga tushirilgan va har yili uning afzalliklaridan faqat uning ishtirokchilari foydalanishi mumkin.

Bu yil ko‘rgazmada 70 dan ortiq mahalliy kompaniyalar ishtirok etib, turli xil mahsulotlar — kalava-ip, mato, trikotaj, barcha yoshdagilar uchun kiyim-kechak, paypoq buyumlari, ichki kiyim trikotaji, uy to‘qimachilik mahsulotlari va ko‘plab boshqa mahsulotlarni namoyish etadi. Xorijiy xaridorlar tadbirga alohida qiziqish bildirmoqda: turli mamlakatlardan 200 dan ortiq kompaniyalar hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish va O‘zbekistonning 38 million kishilik bozorga ega yirik yetkazib beruvchi sifatidagi imkoniyatlarini baholash uchun yetib kelishadi.

Ishbilarmonlik uchrashuvlarining maksimal qulayligi uchun 2-pavilyonda maxsus muzokaralar maydonchasi tashkil etilgan bo‘lib, u yerda xaridorlar ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorlikni bevosita muhokama qilishlari mumkin.

Qo‘shimcha sifatida, ko‘rgazmada uchrashuvlar va aloqalarni muvofiqlashtirishni osonlashtirish uchun Iteca Connect ilovasi mavjud. U ko‘rgazma kompaniyalari haqida to‘liq ma'lumot beradi, interaktiv sxema orqali ko‘rgazmada harakatlanishga ko‘maklashadi, shuningdek, uchrashuvlarni oldindan belgilash, tashriflarni rejalashtirish va shaxsiy beydjlarni olish imkonini beradi.

Ishonchimiz komilki, ushbu dastur ishonchli yordamchiga aylanadi, ko‘rgazma ishtirokchilari va tashrifchilariga istalgan vaqtda va istalgan joyda kerakli ma'lumotlarga tezkor kirishni ta'minlaydi.

Ko‘rgazmaga bo‘lgan talab va ishlab chiqaruvchilar, yetkazib beruvchilar va xaridorlarning unga bo‘lgan katta qiziqishi uning mavsumiy tadbirga aylanishiga yordam berdi. UzTextileExpo ketma-ket uchinchi yil bahor va kuzda mutaxassislar uchun o‘z eshiklarini ochmoqda. Bu O‘zbekistonda yiliga ikki marta o‘tkaziladigan sohaning yagona ko‘rgazma tadbiridir.

“UzTextileExpo Autumn 2024” ishida olti mamlakatdan 100 dan ortiq kompaniya va brendlar ishtirok etadi: Belarus Respublikasi, Rossiya, Turkiya, Xitoy, O‘zbekiston, Hindiston.

Xitoy kompaniyalarining keng ishtiroki yana rejalashtirilgan bo‘lib, ularning stendlarida uy to‘qimachilik mahsulotlari, tayyor kiyim, ichki kiyim, mato, trikotaj mato, shuningdek to‘qimachilik furniturasi ishlab chiqaruvchilari o‘z mahsulotlarini namoyish etadilar.

Bu yilgi bahor ko‘rgazmasida muvaffaqiyatli ishtirok etishdan ruhlangan Belarus Respublikasining “Mogoteks” yetakchi kompaniyasi yana ishtirok etadi. Uning stendida har bir tashrif buyuruvchi paxta, texnik va uy to‘qimachilik mahsulotlari va boshqalardan tayyorlangan tayyor kiyim va matolarning keng assortimenti bilan tanishishi mumkin.

Shuningdek, ko‘rgazmada USAID Business Support Project (BSP) Biznesni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish dasturi doirasida stend namoyish etiladi. U O‘zbekistonda paxta kalava-ipi va matolari, interyer va uy to‘qimachilik mahsulotlari uchun matolar, ichki kiyim trikotaj buyumlari, butun oila uchun kiyim-kechak va aksessuarlarning keng assortimentini namoyish etadigan 16 ta kompaniyani taqdim etadi.

Ko‘rgazmaning doimiy ishtirokchilari: Diromm, Zelal Tekstil, Barkas Teks, Saff Textile, Navbahor Tekstil, Textile Mill Tashkent, Daka-Tex, Virtus Tricot, Samarkand Apparel, Barzu Textile, NT Holding, Hojaobod Fayz M va ko‘plab boshqalar an'anaviy ravishda o‘z stendlarida mahalliy va xorijiy xaridorlar uchun yuqori sifatli to‘qimachilik va tikuvchilik mahsulotlarini namoyish etadilar.

Zelal Tekstil kompaniyasining stendida (1-pavilyon, 20-stend) har kuni soat 12:00 dan 13:00 gacha moda namoyishlari bo‘lib o‘tadi. Tashrif buyuruvchilar Deniz Teks sho‘ba kompaniyasining eng yangi kollektsiyalarini ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Rasmiy ko‘mak ko‘rsatildi:
  • O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligi
  • O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi
  • “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi
  • Toshkent shahar Savdo-sanoat palatasi
  • “Osiyo ramzi” O‘zbekiston dizaynerlar uyushmasi
Tashkiliy ko‘mak: “O‘zekspomarkaz” MKK AJ

Hamkor:

Rasmiy transport-logistik hamkori:

Texnik hamkor:

Internet-hamkor:

Tadbir tashkilotchilari - Iteca Exhibitions xalqaro ko‘rgazma kompaniyasi va uning hamkori ICA Eurasia Group, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi huzuridagi To‘qimachilik mahsulotlarini reklamasi va marketing agentligi bilan hamkorlikda.
Qo‘shimcha ma'lumot olish uchun Iteca Exhibitions matbuot xizmatiga murojaat qiling: Tel: + (998 93) 180 03 42, E-mail: pr@iteca.uz, www.textileexpo.uz