Press-relizlar
TextileExpo Uzbekistan 2026 – samarali muzokaralar va bitimlar hududi

26-Xalqaro «Toʻqimachilik va tikuvchilik sanoati – TextileExpo Uzbekistan 2026» ko'rgazmasi 2026-yil 13–15-may kunlari «Oʻzekspomarkaz» MKKning 3, 4-pavilyonlari va Atrium-2 zalida boʻlib oʻtadi.
Tashkilotchilar: Iteca Exhibitions xalqaro ko'rgazmalar kompaniyasi va uning hamkori ICA Eurasia Group.
Oʻzbekistondagi toʻqimachilik va tikuvchilik sanoatining uzoq yillik anʼanalari ishlab chiqarish jarayoniga zamonaviy texnologiyalar va innovatsiyalarni joriy etish, xorijiy ishlab chiqaruvchilarning eng yaxshi tajribalaridan foydalanish va yetkazib berish geografiyasini kengaytirish uchun jahon bozorlarida mohirona marketing olib borish orqali kuchli turtki oldi.
Mahalliy ishlab chiqaruvchilarning raqobatbardoshligi sifat, ishlab chiqarish salohiyati va ta'minot moslashuvchanligining uyg'unligi bilan ortadi. Shu bilan birga, sohani rivojlanishi global tendentsiyalar, texnologik yechimlar va xalqaro hamkorlar bilan o'zaro munosabatlarning yangi formatlarini doimiy ravishda o'rganishni talab qiladi. Shu nuqtai nazardan, TextileExpo Uzbekistan mahsulotlarni targʻib qilish, biznes aloqalarini kengaytirish va eksport imkoniyatlarini rivojlantirish uchun samarali platforma boʻlib xizmat qiladi.
2004-yilda tashkil etilgan TextileExpo Uzbekistan ko'rgazmasi dastlabki yillaridanoq mahalliy to'qimachilik hamjamiyatiga eksport salohiyatini ochishda yordam berishga e'tibor qaratib kelmoqda. Bugungi kunda ko'rgazma o'nlab mamlakatlardan ishlab chiqaruvchilar, xaridorlar, chakana sotuvchilar va distribyutorlarni birlashtirgan milliy brend va muhim biznes platformasidir. Bu yerda samarali biznes aloqalari shakllanadi, ta'minot bo'yicha muzokaralar olib boriladi, yangi kolleksiyalar taqdim etiladi va ishlab chiqarish imkoniyatlari muhokama qilinadi. Shu bilan birga, ko'plab xalqaro mutaxassislar uchun ko'rgazma O'zbekiston fabrikalari bilan bevosita ishlash va mintaqadagi yangi yetkazib beruvchilarni kashf etish imkoniyatidir.
TextileExpo Uzbekistan 2026 ko'rgazmasida Qozog'iston, Rossiya, Turkiya, Xitoy va O'zbekistondan 170 dan ortiq kompaniya va brendlar, shuningdek, yaqin va uzoq xorijdagi 15 ta mamlakatdan 400 dan ortiq bayer ishtirok etmoqda.
Ko'rgazmaning noyob va ajralmas qismi — bu uning biznes samaradorligini belgilaydigan an'anaviy Bayerlar dasturi. Aynan shu dastur yagona platformada ishlab chiqaruvchilar va xalqaro xaridorlar, riteylerlar va distribyutorlar o'rtasida to'g'ridan-to'g'ri aloqalarni ta'minlaydi, tezkor muzokaralar va shartnomalar tuzish uchun sharoit yaratadi.
Buning natijasida ko'rgazma taqdimot formatidan tashqariga chiqib, eksport yetkazib berishni rivojlantirish va O'zbekistonlik ishlab chiqaruvchilarining savdo geografiyasini kengaytirishning to'laqonli ishchi mexanizmiga aylanadi.
Ko'pgina kompaniyalar uchun Bayerlar dasturida ishtirok etish nafaqat o'z mahsulotlarini namoyish etish, balki ko'rgazma davomida aniq tijorat natijalariga erishish imkoniyatidir.
Ekspozitsiya an'anaviy ravishda ishlab chiqarish siklining barcha bosqichlarini — xom ashyodan tortib tayyor mahsulotlar va aksessuarlargacha — qamrab oladi. Tashrif buyuruvchilar diqqatiga kalava ip, matolar, trikotaj buyumlar, furnitura va aksessuarlar, tayyor kiyim-kechak, texnik va uy tekstili, paypoq mahsulotlari, shuningdek, to'qimachilik sanoati uchun kimyoviy moddalar va bo'yoqlar namoyish etiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi koʻmagida kichik va oʻrta toʻqimachilik korxonalarining MADE IN UZBEKISTAN jamoaviy stendining ishtiroki tasdiqlandi.
An'anaga ko'ra, Xitoy kompaniyalari keng tarzda ishtirok etadi, stendlarda to'qimachilik sanoati uchun turli xil matolar, aksessuarlar, uy tekstili va tayyor yechimlar namoyish etiladi.
Bu yil 20 dan ortiq mahalliy kompaniyalar debyut qiladi, jumladan: Fazo Group, Kogon Nur Textile, Proftextile, Premier Textile, Nisa Future va boshqalar.
TextileExpo Uzbekistan milliy toʻqimachilik sanoatini global bozorlarga integratsiya qilish va Oʻzbekistonni mintaqaning asosiy toʻqimachilik markazlaridan biri sifatida rivojlantirish uchun samarali platforma sifatidagi mavqeini mustahkamlashda davom etmoqda.
Rasmiy qo'llab-quvvatlash:
• Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
• Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi
• Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Tadbirkorlik, raqobatni rivojlantirish va sanoat masalalari qoʻmitasi
• Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi
• Toshkent shahar hokimligi
• «Osiyo Ramzi» Oʻzbekiston dizaynerlar uyushmasi
Tashkiliy ko'mak:

Rasmiy aviatashuvchi:

Hamkor:

Rasmiy transport va logistika hamkori:

Bosh informatsion hamkor:

Texnik hamkor:

IT-hamkor:

Informatsion qo'llab-quvvatlash:

Tashkilotchilar: Iteca Exhibitions xalqaro ko'rgazmalar kompaniyasi va uning hamkori ICA Eurasia Group.
Qo'shimcha ma'lumot olish uchun Iteca Exhibitions matbuot xizmatiga murojaat qiling:
Tel: +998 71 205 18 18 E-mail: pr@iteca.uz www.textileexpo.uz