26 Xalqaro “To‘qimachilik va Tikuvchilik Sanoati– TextileExpo Uzbekistan Bahor 2026” Ko‘rgazmasi

13 - 15 may 2026, O’zekspomarkaz MKK / O`zbekiston

Yangiliklar

TextileExpo Uzbekistan — toʻqimachilik va tikuvchilik sanoatidagi innovatsiyalar va yutuqlar

24-Xalqaro to‘qimachilik va tikuvchilik sanoati – TextileExpo Uzbekistan 2025 Bahor ko‘rgazmasi 2025-yilning 14-16-may kunlari “O‘zekspomarkaz” MKKning 3-, 4-pavilyonlarida va Atrium-2 zalida soha mutaxassislarini yana bir bor o’z maydonida yig‘adi.

TextileExpo Uzbekistan - tikuvchilik va to‘qimachilik sanoati ishlab chiqaruvchilari, distribyutorlari, dizaynerlari va bayerlarini birlashtiradigan asosiy ko‘rgazma maydonchasi hisoblanadi. Tadbir yiliga ikki marta, bahor va kuzda o‘tkazilib, bozor ishtirokchilarining yuqori talabini qondiradi va mintaqada sjhaning asosiy biznes tadbirlaridan biri ekanligini tasdiqlaydi.

Bahor mavsumida ko‘rgazmada quyidagi 7 davlatdan130 dan ortiq kompaniya o‘z mahsulotlarini namoyish etadi: Belarus Respublikasi, Hindiston, Pokiston, Tojikiston, Turkiya, Xitoy, O‘zbekiston.

Turkiyaning aksessuarlar ishlab chiqaruvchilarning jamoaviy stendi, shuningdek, Xitoy kompaniyalarining keng ishtiroki tasdiqlandi.

Ko‘rgazma ishlab chiqarish jarayonining barcha bosqichlarini – xomashyodan tayyor mahsulotgacha bo‘lgan bosqichlarni qamrab olgan bo‘lib, ishtirokchilarga eng yangi texnologiyalar, materiallar va mahsulotlarni namoyish etish, shuningdek, mustahkam biznes aloqalarini o‘rnatish uchun noyob imkoniyatni taqdim etadi.

Ko‘rgazma biznes dasturining muhim elementi - ishlab chiqaruvchilar va professional xaridorlar o‘rtasida samarali ko‘prik bo‘lib xizmat qiluvchi Bayerlar dasturidir. Ushbu noyob platforma to'g'ridan-to'g'ri aloqalarni o'rnatish, ishonchli hamkorlar topish va biznesni rivojlantirish uchun yangi yo'nalishlarni ochishga yordam beradi. Ushbu tadbir - mahalliy va xorijiy kompaniyalar uchun savdo geografiyasini kengaytirish va bozordagi mavqelarini kuchaytirish uchun haqiqiy imkoniyatdir.

Bayerlar uchun onlayn ro'yxatdan o'tish quyidagi havolada mavjud: https://textileexpo.uz/ru/buyer_registration
Ko'rgazmaning shaxsiy beydjini olish uchun quyidagi veb-saytda ro'yxatdan o'tish lozim: https://bit.ly/TE_ru_reg
Ko’rgazma tashkilotchi: Iteca Exhibitions va uning hamkori ICA Eurasia Group

Rasmiy komak:
  • O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Tadbirkorlik, raqobatni rivojlantirish va sanoat masalalari qo'mitasi
  • O'zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
  • O'zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi
  • “O'zto'qimachiliksanoat” uyushmasi
  • “O'zbekipaksanoat” uyushmasi
  • «OSIYO RAMZI» O‘zbekiston Dizaynerlar uyushmasi
Qo'shimcha ma'lumot olish uchun quyidagi manzilga murojaat qiling:
Tel: + (998 71) 205 14 14
E-mail: textileexpo@iteca.uz; www.textileexpo.uz