26 Xalqaro “To‘qimachilik va Tikuvchilik Sanoati– TextileExpo Uzbekistan Bahor 2026” Ko‘rgazmasi

13 - 15 may 2026, O’zekspomarkaz MKK / O`zbekiston

Yangiliklar

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi va Better Cotton paxta klasterlarini qo‘llab-quvvatlash masalalarini muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.com) — O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari Dilshod Rasulov Better Cotton xalqaro tashkilotining a’zolik va ta’minot zanjiri bo‘yicha direktori Eva Kleyton bilan uchrashdi.

Muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining joriy faoliyati va istiqboldagi rejalari haqida ma’lumot berildi. Tomonlar qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollarini ham muhokama qildilar.

Better Cotton - barqaror paxta etishtirish amaliyotini qo'llab-quvvatlovchi xalqaro notijorat tashkilot. U ekologik toza standartlarni ishlab chiqadi, fermerlarni samarali amaliyotga o‘rgatadi va paxtachilikda mehnat sharoitlarini yaxshilashga yordam beradi.

Eva Kleyton “Better Cotton” kompaniyasi O‘zbekistonda 2022-yildan buyon faoliyat yuritib kelayotganini, ayni paytda mamlakatimizdagi to‘qqizta paxta klasteri uchun “Better Cotton” sertifikatini olishda amaliy yordam ko‘rsatilayotganini ta’kidladi.

O‘z navbatida Dilshod Rasulov O‘zbekiston hukumati tomonidan paxtakorlar va paxta klasterlariga berilayotgan imtiyoz va preferensiyalar haqida gapirdi.

Muzokaralar yakunlari bo‘yicha tomonlar o‘zbek paxta ishlab chiqaruvchilari va klasterlariga xalqaro Better Cotton sertifikatini olish orqali tashqi bozorlarga chiqishda ko‘maklashish bo‘yicha hamkorlikni yanada rivojlantirishga kelishib oldilar.

Manba