26 Xalqaro “To‘qimachilik va Tikuvchilik Sanoati– TextileExpo Uzbekistan Bahor 2026” Ko‘rgazmasi

13 - 15 may 2026, O’zekspomarkaz MKK / O`zbekiston

Yangiliklar

O‘zbekiston Ozarbayjon to‘qimachilik bozorida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda

O‘zbekiston Ozarbayjonning to‘qimachilik bozoridagi ishtirokini kengaytirish choralarini ko‘rmoqda. “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tomonidan O‘zbekiston eksportchilar assotsiatsiyasi va respublikaning Ozarbayjondagi elchixonasi hamkorligida tashkil etilgan biznes missiya 11-15 aprel kunlari Boku shahrida bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston to‘qimachilik sanoatining 15 yetakchi korxonasi ishtirok etdi. Safardan koʻzlangan asosiy maqsad oʻzbek mahsulotlariga qiziqishni oshirish, eksport yetkazib berishni koʻpaytirish, yangi ishbilarmonlik aloqalarini oʻrnatish va ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlashdan iborat boʻldi.

Tashrif davomida yirik importchilar, ulgurji xaridorlar va xarid tuzilmalari vakillari bilan B2B formatida muzokaralar olib borildi. Missiya ishtirokchilari mahalliy bozorni tahlil qilish, jumladan, chakana savdo tarmoqlari va narxlarni belgilash sharoitlarini o‘rganish, shuningdek, Ozarbayjondagi ishlab chiqarish korxonalarida bo‘lib, soha imkoniyatlari bilan tanishishdi.

Ishbilarmonlik missiyasi yakunlariga koʻra, tomonlar hamkorlikni rivojlantirish, eksport hajmini oshirish va oʻzbek toʻqimachilik mahsulotlarini tashqi bozorlarga olib chiqishga qaratilgan aniq qadamlarni belgilab oldilar.



Manba

Axborot ko`magi