26 Xalqaro “To‘qimachilik va Tikuvchilik Sanoati– TextileExpo Uzbekistan Bahor 2026” Ko‘rgazmasi

13 - 15 may 2026, O’zekspomarkaz MKK / O`zbekiston

Yangiliklar

Eksportga yo‘naltirilgan O‘zbekiston to‘qimachilik mahsulotlari

2025-yil 14–16-may kunlari “Uzexpomarkaz”da Markaziy Osiyodagi tikuv-to‘qimachilik sanoatining asosiy voqealaridan biri — “Textile Expo Uzbekistan Bahor 2025” ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Ko‘rgazmada Belarus, Qozog‘iston, Xitoy, Pokiston, Tojikiston, Turkiya, O‘zbekistonning 165 kompaniya va brendi, shuningdek, yaqin va uzoq xorijdan 100 dan ortiq yirik bayyer ishtirok etdi. Tadbir O‘zbekiston to‘qimachilik mahsulotlarini ilgari surish, xalqaro aloqalarni yo‘lga qo‘yish va sanoatning so‘nggi tendensiyalarini namoyish qilish maydoniga aylandi.

So‘nggi yillarda O‘zbekistonning to‘qimachilik va trikotaj sanoati eng tez rivojlanayotgan va eksportga yo‘naltirilgan sohalardan biriga aylandi. Global bozorga moslashgan holda, ishlab chiqaruvchilar hajmni oshirmoqda, yangi texnologiyalarni joriy etmoqda va mahsulot turlarini kengaytirmoqda — xom ashyodan tayyor kiyim va tibbiyot matolarigacha.

Bugun O‘zbekiston faqat xom ashyo emas, balki yuqori qo‘shilgan qiymatga ega to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi ishlab chiqarish markazi sifatida o‘zini namoyon qilmoqda. Mahsulotlar sifati, dizayni va barqarorligi bo‘yicha raqobatbardoshdir.

Ko‘rgazma quyidagi bo‘limlarni qamrab oldi: ip va matolar, trikotaj polotno, ipak, paypoq mahsulotlari, uy tekstili, yengil sanoat uchun xom ashyo, aksessuarlar, poyabzal, bo‘yoqlar va kimyoviy moddalar, shuningdek, bosma va qadoqlash. Bu yilgi ekspozitsiyaga yangi bo‘limlar qo‘shildi: paxta va tolalar, kiyim-kechak va ichki kiyimlar, qayta ishlangan materiallardan tayyorlangan kiyimlar, tibbiy tekstil. Stendlar butun ishlab chiqarish zanjirini qamrab oldi — ip, mato va aksessuarlardan tortib, tayyor kiyimlar, maxsus kiyimlar, ichki kiyim va qadoqlashgacha.

An’anaviy tarzda, mahalliy ishlab chiqaruvchilar — yirik korxonalar bilan birga kichik va o‘rta biznes vakillari ham faol ishtirok etmoqda. Xorijiy ishtirokchilar to‘qimachilik bilan birga O‘zbekistonda yetishtirilmaydigan xom ashyodan — zig‘ir, teri va boshqalardan tayyorlangan mahsulotlar, shuningdek, aksessuarlar va to‘qimachilik furniturasini taqdim etdi.

Xitoylik kompaniyalar ayniqsa keng vakillik qildi — ular matolar, tayyor kiyimlar, aksessuarlar, uy uchun to‘qimachilik mahsulotlarini namoyish qildi.

Quyida ko‘rgazma ishtirokchilarining fikrlari keltirilgan:

Amir SULEYMANOV, tijorat direktori: “Kompaniyamiz 7 yildan beri trikotaj mahsulotlar uchun bo‘yalgan ip ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Mahsulotimiz asosan paypoq fabrikalarida ishlatiladi. Har yili 3 ming tonna bo‘yalgan ip ishlab chiqaramiz. Mahsulotlarimiz xalqaro sertifikatga ega. Asosiy bozormiz – Yevropa Ittifoqi, shuningdek, MDH mamlakatlariga 10% eksport qilamiz. Nike, Adidas, Puma kabi kompaniyalar bilan hamkorlik qilamiz. Ko‘rgazma doirasida Rossiya va Belarus kompaniyalari bilan yangi shartnomalar imzoladik.”

Elina SOLDATOVA, savdo bo‘limi menejeri: “Trikotaj jakard polotno ishlab chiqaramiz. O‘z brendimiz va tikuv seximiz bor. O‘rta miqyosdagi korxonamiz. Mahsulotlarimizni boshqa fabrikalar eksport uchun xarid qilmoqda. Rossiya, Belarus, Qozog‘iston va Tojikiston bilan hamkorlik qilamiz. Mahalliy bozor uchun maktab formasi ishlab chiqaramiz, yaqin orada ayollar kiyimlari liniyasini ishga tushiramiz.”

Umid ERGASHEV: “20 yildan buyon trikotaj polotno va tayyor mahsulot ishlab chiqaramiz. 15 ta mamlakatga, jumladan Rossiya, Qirg‘iziston, Italiyaga eksport qilamiz. Mahsulotlarimizdan pololar, futbolkalar, sport kiyimlari, maxsus kiyimlar, bolalar kiyimlari tikiladi.”

Dilfuza BARATOVA, konstruktор-texnolog: “Uy sharoitida kiyiladigan trikotaj mahsulotlar: futbolka, xalat, ko‘ylak, shortik va shimlardan iborat to‘plamlar ishlab chiqaramiz. Rossiya, Belarus, Qozog‘iston kabi davlatlarga eksport qilamiz. Ayni paytda eng ommabop mahsulotlar — yelkadan bog‘lamali futbolkalar, keng yengli modellardir. Har bir mijozga mato zichligi mos ravishda tanlanadi.”

Karim KARIMOV, mijozlar bilan ishlash bo‘yicha menejer: “2008-yildan buyon ishlaymiz. Har oy 500 ming dona mahsulot ishlab chiqaramiz. Murakkab modellarda ishlaymiz. Biz uchun muhim jihat – sifat. To‘qimachilik mahsulotlari yuvilgandan keyin shaklini yo‘qotmasligi, rang bermasligi kerak. Shu bilan birga, ishlab chiqarish jarayoni ham muhim – bo‘yash, quritish bosqichlari texnologik talablarga mos bo‘lishi shart.”

Alina EVCHOVA: “Biz keng assortimentdagi jinsi mahsulotlari — jinsi shim, kurtka, yubka, shortik, plash, sarafanlar ishlab chiqaramiz. Jinsi matoni chetdan olib kelamiz. Farg‘onadagi fabrikamizda to‘liq ishlab chiqarish sikli mavjud. Rossiya, Qozog‘iston, Germaniyaga eksport qilamiz. Oylik hajm – 15-30 ming dona.”

Bahodir KARIMOV, savdo menejeri: “Farg‘onadagi fabrikamiz 7 yildan buyon faqat eksport bilan shug‘ullanadi. Rossiyadagi mijozlarimiz bilan ishlaymiz. Har bir tikuv bosqichida 4 bosqichli sifat nazorati mavjud. Buyurtmalarimiz sentabrgacha to‘liq band. Kuniga 1000 dan ortiq futbolka tikamiz. Murakkab modellarda – 700–800 dona. Eng murakkab model – kapyushonli va cho‘ntakli hudilardir.”

Textile Expo Uzbekistan — bu ishlab chiqaruvchilar va mijozlar o‘rtasidagi samarali aloqalar uchun biznes maydon, yangi bozorlarni topish va hamkorlikni rivojlantirish uchun ajoyib imkoniyatdir.

Manba: