Yangiliklar
2025-yilning birinchi choragida O‘zbekistonning to‘qimachilik mahsulotlari eksporti 629 million dollardan oshdi.
2025-yilning birinchi choragida O‘zbekistonning to‘qimachilik mahsulotlari eksporti 629,3 million AQSh dollarini tashkil etdi, deya xabar bermoqda Milliy statistika qo‘mitasi.Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, bu raqam mamlakatning umumiy tashqi savdo hajmining 7,8 foizini tashkil etadi.
Eksport tarkibida eng katta ulush tayyor mahsulotlarga to‘g‘ri keldi — 286,6 million dollar.
Ip-kalava eksporti 217,8 million dollar, trikotaj mato — 71,8 million dollar, matolar — 37,4 million dollarni tashkil etdi.
Paypoqlar va shunga o‘xshash mahsulotlar eksporti 10,3 million dollarni, gilam mahsulotlari esa 5,4 million dollarni tashkil etdi.
Manba