26 Xalqaro “To‘qimachilik va Tikuvchilik Sanoati– TextileExpo Uzbekistan Bahor 2026” Ko‘rgazmasi

13 - 15 may 2026, O’zekspomarkaz MKK / O`zbekiston

Press-relizlar

TextileExpo Uzbekistan 2025: biznes va eksportni rivojlantirish uchun platforma


“TextileExpo Uzbekistan Bahor 2025” 24-Xalqaro toʻqimachilik va tikuvchilik sanoati koʻrgazmasi 2025-yilning 14-16-may kunlari “Oʻzekspomarkaz” MKKning 3, 4 pavilyonlarida va Atrium-2 zalida o’z ekspozitsiyasini namoyish etadi.

Tadbir tashkilotchilari: Iteca Exhibitions xalqaro ko‘rgazma kompaniyasi va uning hamkori ICA Eurasia Group.

To‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoati O‘zbekiston iqtisodiyotining eksportga yo‘naltirilgan tarmoqlaridan biri sifatida jahon tendensiyalari, trendlari va innovatsiyalari to‘g‘risidagi axborotni doimiy ravishda aktuallashtirishni talab etadi. So‘nggi yillarda sanoat ham ichki bozor, ham eksport uchun ishlab chiqarish hajmini oshirib, yetkazib berish geografiyasini izchil kengaytirmoqda.

TextileExpo Uzbekistan xalqaro to‘qimachilik va tikuvchilik sanoati ko‘rgazmasiga 2004 yilda asos solingan. Ko‘rgazmaning asosiy maqsadlaridan biri to‘qimachilik va tikuvchilik mahsulotlarini mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash va eksportni rivojlantirishdan iborat. Ushbu yillar davomida ko’rgazma rivojlanib, bozor tendentsiyalariga mos ravishda formati va nomini o'zgartirdi. 2018-yildan boshlab ko‘rgazma UzTextile Expo brendi ostida o‘tkazilib keldi va bu yil u o‘zining tarixiy nomi – TextileExpo Uzbekistanga qaytdi. Har yili o‘tkaziladigan tadbir o‘z missiyasini bajarishda mamlakatimiz eksportyorlari va xorijiy kompaniyalar o‘rtasida obro‘ qozondi, to‘qimachilik sanoati rivojida ulkan rol o‘ynadi va O‘zbekistonning milliy brendiga aylandi.

TextileExpo Uzbekistan Bahor 2025 ko‘rgazmasida Belarus Respublikasi, Qozog‘iston, Xitoy, Pokiston, Tojikiston, Turkiya, O‘zbekistondan 165 ta kompaniya va brendlar, shuningdek, yaqin va uzoq xorijdan 100 dan ortiq yirik bayerlar ishtirok etmoqda.

Ko‘rgazmada kalava ip va gazlamalar, trikotaj matolar, ipak, paypoq mahsulotlari, uy tekstili, yengil sanoat uchun xomashyo, aksessuarlar, poyabzal, bo‘yoqlar va kimyoviy moddalar, shuningdek, bosma ishi va qadoqlash kabi bo‘limlar o‘rin olgan.

Bu yil ekspozitsiyalar quyidagi yangi bo'limlar bilan kengaytirildi: paxta va tola, kiyim-kechak va ichki kiyim, qayta ishlangan materiallardan tayyorlangan kiyimlar, tibbiy tekstil.

Dastlab mahalliy ishlab chiqaruvchilarga ko‘maklashishga qaratilgan mazkur ko‘rgazma O‘zbekiston kompaniyalari uchun bozorda o‘z brendini ilgari surishda muhim ko‘mak berib kelmoqda. Aynan shu yerda ularga sifati va dizayni bo‘yicha yetakchi xorijiy brendlar mahsulotlaridan qolishmaydigan mahsulotlarini namoyish etish imkoniyati yaratilmoqda. Amaliy nuqtai nazardan ko'rgazmaning muhim tarkibiy qismi bu maxsus Bayerlar dasturidir. Ushbu dastur yildan yilga yaqin va uzoq xorijdagi ishlab chiqaruvchilar, ulgurji xaridorlar, riteylerlar va yetkazib beruvchilarni o'ziga jalb qiladi. Bir necha yildan buyon ko'rgazma mavsumiy formatga ega - "TextileExpo Uzbekistan Bahor" va "TextileExpo Uzbekistan Kuz" va O'zbekistonda yiliga ikki marta o'tkaziladigan kam sonli ko'rgazma tadbirlaridan biri hisoblanadi. Ushbu format tadbirga boʻlgan talab va tikuvchilik va toʻqimachilik jamiyatining qiziqishi ortib borayotganiga mantiqiy javob boʻldi.

An'anaga ko'ra, ko'rgazmada mahalliy ishlab chiqaruvchilar, yani ham yirik korxonalar, ham kichik biznes vakillari faol ishtirok etayotgani TextileExpo Uzbekistan ko'rgazmasi dolzarbligini yana bir bor ta'kidlaydi. Ko‘rgazmaning doimiy ishtirokchilari orasida Osborn Tekstil, Zelal Tekstil, Barkas Teks, Daka Tex, Aisha Home Textile, Art Soft Tex, Urganch Bahmal, Virtus Tricot, Indorama kabi kompaniyalar bor.

2025-yil bahor fasli yangiligi – O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi ko‘magida “Made in Uzbekistan” brendidagi mahalliy kichik biznes vakillari ham o‘z mahsulotlarini jahon bozoriga olib chiqib, milliy mahsulotlarni taqdim etadi. Stendlarda matolar, tayyor kiyim-kechak, ish kiyimlari, uy tekstili, paypoqlar, jinsi shimlar va aksessuarlar namoyish etiladi. Shunday qilib, kichik korxonalar mintaqaviy va global miqyosda o'z xaridorlarini topish imkoniyatiga ega bo'ladilar.

Shu bilan birga, TextileExpo Uzbekistan ko‘rgazmasi mahalliy kompaniyalar ishtiroki bilan cheklanib qolmay, o‘z maydonida ko‘plab xorijiy ishlab chiqaruvchilar va yetkazib beruvchilarni jalb qilmoqda. Ular to‘qimachilik mahsulotlardan tashqari, O‘zbekistonga xos bo‘lmagan materiallar – zig‘ir, charm va boshqalardan tayyorlangan mahsulotlar, shuningdek, tegishli mahsulotlar – aksessuarlar, to‘qimachilik furniturasini namoyish etadilar. Shunday qilib, ko'rgazma to'qimachilik va kiyim-kechak mahsulotlarini ishlab chiqarishning butun zanjirini – kalava ipdan tortib to tayyor kiyim va qadoqlashgacha taqdim etadi.

Turkiyalik ishlab chiqaruvchilarning kollektiv stendida aksessuarlar va furnituraning keng assortimenti namoyish etiladi.

Yana bir bor Xitoy kompaniyalarining keng ishtirokida matolar, tayyor kiyimlar, aksessuarlar, sumkalar va uy to'qimachilik mahsulotlari namoyish etiladi.

TextileExpo Uzbekistan ko‘rgazmasi sohadagi asosiy ko‘rgazma tadbirlaridan biri bo‘lib, ishlab chiqaruvchilar va potentsial mijozlar o‘rtasida ishbilarmonlik aloqalarini va hamkorlik aloqalarini o‘rnatish va savdo bozorlarini kengaytirish uchun samarali biznes platforma hisoblanadi. Bayerlar dasturi bilan bir qatorda ko‘rgazma ham ishlab chiqaruvchilarga, ham yetkazib beruvchilarga yuqori sifati va maqbul narxlari bilan ajralib turadigan mahalliy mahsulotlarni xarid qilishda O‘zbekiston bozoriga chiqishga keng imkoniyatlar yaratmoqda.

Rasmiy ko’mak:
  • O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Tadbirkorlik, raqobatni rivojlantirish va sanoat masalalari qo‘mitasi
  • O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
  • O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi
  • “O'zto'qimachiliksanoat” uyushmasi
  • “O'zbekipaksanoat” uyushmasi
  • “OSIYO RAMZI” O‘zbekiston dizaynerlar uyushmasi

Tashkiliy ko’mak: O’zekspomarkaz

Hamkor:

Rasmiy transport va logistika hamkori:

Техnik hamkor:

Internet-hamkor:

Axborot ko`magi



Qo'shimcha ma'lumot uchun Iteca Exhibitions matbuot xizmatiga murojaat qiling.
Tel: + (998 71) 205 18 18,
E-mail: pr@iteca.uz; www.textileexpo.uz