26th International Exhibition of Textile and Garment Industry - TextileExpo Uzbekistan Spring 2026

13 - 15 May 2026, Uzexpocentre NEC / Uzbekistan

News

O`zbek to`qimachilik mahsulotlari Ozarbayjonga taqdim etildi

Ozarbayjon Respublikasi iqtisodiyot vaziri Shoxrux Mustafoyev boshchiligidagi Ozarbayjon delegatsiyasi 4-5 fevral kunlari qo`shma loyihalarni muhokama qilish uchun yurtimizga tashrif buyurdi.

Tashrifning asosiy maqsadi O`zbekistonning investitsion, sanoat va turizm salohiyati bilan tanishish, shuningdek, ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirishdan iborat.

5 fevral kuni O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o`rinbosari Elyor G`aniyev, Ozarbayjon iqtisodiyot vaziri Shaxin Mustafoyev va "O`zto’qimachiliksanoat" uyushmasi rahbariyati to`qimachilik korxonalari – Bakan Tex (Toshkent shahri) va UZTEX (Chirchiq shahri) kompaniyasiga tashrif buyurdi.

To`qimachilik korxonalaridagi tashrif davomida mehmonlarga O`zbekiston rahbariyati tomonidan amalga oshirilayotgan yangi iqtisodiy va investitsiya siyosati, xorijiy investorlar uchun yaratilgan qulay shart sharoitlar va to`qimachilik sohasida klaster loyihalarini amalga oshirish imkoniyatlari haqida batafsil ma`lumot berildi.

Respublikda to`qimachilik sanoatini rivojlantirish strategiyasiga bag’ishlangan taqdimot va ayniqsa milliy to’qimachilik mahsulotlari eksportini 7 milliard dollarga yetkazish rejasi Ozarbayjon delegatsiyasi tomonidan qizg’in kutib olindi va ularda katta qiziqish uyg`otdi.

Shuni ta`kidlash kerakki, 2017 yil oxirigacha ikki tomonlama savdo hajmi 31 million dollardan oshib ketdi.

 

http://uzts.uz "O`zto’qimachiliksanoat" uyushmasi matbuot xizmati