24th International Exhibition of Textile and Fashion Industry - TextileExpo Uzbekistan 2025

14 - 16 May 2025, Uzexpocentre NEC / Uzbekistan

News

Iteca Exhibitions—30 years of maintaining global connectivity for your business

Xalqaro ko'rgazma va anjumanlar tashkilotchisi Iteca Exhibitions o'zining 30-yubiley ko'rgazma mavsumini ochmoqda.

Kompaniyaning o'ttiz yillik faoliyati — doimiy o'sish, innovatsiyalarni joriy etish va mukammallikka intilish tarixidir. Ushbu muhim bosqich nafaqat muvaffaqiyatli ishning ko'p yillik tajribasini aks ettiradi, balki kompaniyaning O'zbekistonni xalqaro biznes maydonida ilgari surishda muhim rolini tasdiqlaydi. O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi, Butunjahon ko'rgazma sanoati uyushmasi (UFI), Yevropa-O'zbekiston Iqtisodiy hamkorlik uyushmasi (EuroUz), O'zbekistondagi Amerika savdo palatasi (AmCham), Italiya-O'zbekiston Savdo palatasi (CIUZ)da a'zoligi Iteca Exhibitions kompaniyaning mamlakat ko'rgazma sanoati va iqtisodiyotini rivojlantirishga qo'shgan hissasini ta'kidlaydi.

1995-yilda tashkil etilgan Iteca Exhibitions ko'rgazma bozoridagi birinchi qadamdan - sog'liqni saqlash va turizmdan tortib, to ishchi hamkorlik uchun eng yirik xalqaro platformalarni yaratishgacha uzoq yo'lni bosib o'tdi. Shu vaqt ichida turli mamlakatlar va sohalardagi 35 mingdan ortiq kompaniyalarni birlashtirgan 492 ta ko'rgazma va anjuman o'tkazildi. Ushbu tadbirlarga 1,5 milliondan ortiq professionallar tashrif buyurishdi, bu esa kompaniya loyihalariga bo'lgan ishonch va talabning yuqori darajasini ko'rsatadi.

Iteca Exhibitions bosh direktori Nigora Xasanova qayd etadi:
"Bu yutuqlarning barchasiga ishtirokchilarning ishonchi va doimiy hamkorlarimizning ko'magi tufayli erishildi. Mamlakat eksport salohiyatini mustahkamlash va sanoatning asosiy tarmoqlarini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi yirik Iteca Exhibitions jamoasining ko‘p yillik sa’y-harakatlari samarasidir. Bizning loyihalarimiz nafaqat biznes imkoniyatlarini yaratibgina qolmay, balki zamonaviy texnologiyalar va ekologik tashabbuslarni amalga oshirishga hissa qo'shayotganidan faxrlanamiz. Biz ko'rgazma sanoatining kelajagi raqamlashtirish, barqarorlik va xalqaro muloqotni kengaytirish ekanligiga ishonamiz."

Iteca Exhibitionsning har bir tadbirining asosiga ishtirokchilar va tashrif buyuruvchilarning manfaatlari qo’yilgan. Kompaniya yuqori darajadagi tashkilot darajasi va qulaylikni ta'minlaydi, bu esa ishtirokni iloji boricha samarali qiladi.

Iteca'ning har bir ko'rgazmasi shunchaki biznes-platforma emasdir. Bu jonli fikr almashish, muzokaralar olib borish, texnologiyalar namoyish etiladigan, tegishli sohani rivojlantirish tendentsiyalari paydo bo'ladigan, ba'zan esa - O'zbekiston bilan ilk tanishuvlar joyidir.
30-yubiley ko'rgazma mavsumida kompaniya biznesni rivojlantirish va ishchi aloqalarini mustahkamlashga yo’naltirilgan yangilangan tadbir formatlarini taqdim etadi. Rejalarimizga 20 ta xalqaro ko'rgazma, shu jumladan yubiley loyihalari, va 4 ta forum o'tkazilishi kiritilgan.

Bu yildan boshlab Iteca Exhibitions bir vaqtning o'zida ikkita yetakchi maydonda bo'lib o'tadigan tadbirlar miqyosini oshirmoqda:
  • "O'zekspomarkaz" MKK ko'rgazmalarning asosiy joyi bo'lib qolmoqda,
  • CAEx Uzbekistan yangi darajadagi tadbirlar uchun zamonaviy yechimlarni taklif etadi.
Ekspozitsiyalarni kengaytirish nafaqat davr muammolariga javob, balki kompaniyaning o'sib borayotgan biznes ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan strategik qarashning aksidir. U kompaniya loyihalarining miqyosi va ahamiyatini ta'kidlab, ishtirokchilar va tashrif buyuruvchilar uchun yangi istiqbollarni ochib beradi va Yangi Toshkentga xalqaro auditoriyani jalb qiladi. Ushbu o'zgarishlar, shuningdek, poytaxt infratuzilmasini mustahkamlash va mehmondo'stlik sanoatini rivojlantirishga yordam beradi.

Bahorgi ko'rgazma mavsumini yagona brend ostida sohaning asosiy voqealari - UzBuild, Woodtech & MebelExpo Uzbekistan ko'rgazmalari, Buildtech ixtisoslashtirilgan bo'limi va ICCI Qurilish anjumanini birlashtiradigan - O'zbekiston Qurilish-interyer haftaligi ochadi. Premyeralardan biri UzBuild qurilish ko'rgazmasini bir vaqtda ikkita maydonda o'tkazish bo'ladi.

Keyin mavsumni an'anaviy ravishda "O'zekspomarkaz" MKKda bo’lib o’tadigan AgroWorld Uzbekistan, UzFood, O'ZuPACK, shuningdek asl brendiga qaytayotgan TextileExpo Uzbekistan ko'rgazmalari davom ettiradi.

Yangi CAEx Uzbekistan maydonida Sog'liqni saqlash va go'zallik sohasining bir qator xalqaro ko'rgazmalar seriyasi - TIHE, PharmExpo Central Asia, Stomatology Uzbekistan, Beauty Uzbekistan / BeautyDerma Central Asia, shuningdek, O'zbekiston energetika haftaligi doirasida yoqilg'i-energetika majmuasining yirik tadbirlari: OGU, Power Uzbekistan, GETCA o'tkazilishi rejalashtirilgan.

Kuz mavsumi bir xil darajada mazmunga boy bo'lishi kutilmoqda va mavsum yettita xalqaro ko'rgazma va bitta forumni o'z ichiga oladi. Barcha tadbirlar "O'zekspomarkaz" MKKda bo'lib o'tadi.

Iteca Exhibitions – bu shunchaki ko'rgazmalar emas. Bu har bir inson kelajakdagi imkoniyatlarni uchratadigan, rivojiga sarmoya kiritadigan hamda O'zbekistonning biznes va iqtisodiy o'sishi uchun yangi zamin yaratadigan joydir.

Kompaniya tomonidan joriy etilayotgan raqamli yechimlar ishtirokchilar va tashrif buyuruvchilar uchun qo'shimcha qulaylik yaratadi. Masalan, Iteca Connect ilovasi tadbirlarga tashrifni oson rejalashtirishga imkon beradi: interaktiv xaritalarni qidirishdan tortib, to shaxsiy jadvallarni olishgacha. Bunday innovatsiyalar o'zaro aloqalarni qulay, samarali va ekologik qiladi.

Vazirliklar va idoralar, sanoat uyushmalari, yetakchi ommaviy axborot vositalari va mehmonxonalar ko'magiga tayanib, Iteca Exhibitions butun dunyodan tashrif buyurgan professionallarni birlashtiradigan yorqin tadbirlarni yaratishda davom etmoqda. Muvaffaqiyatning ushbu poydevori kompaniyaga O'zbekiston ko'rgazma sanoatida yangi standartlarni o'rnatish orqali kelajakka ishonch bilan qarash imkonini beradi.

Barcha ko'rgazma tadbirlari bilan 2025-yil taqvimida tanishing